O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


-rasm. Bosh miya va uning tuzilmasi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə19/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

1-rasm. Bosh miya va uning tuzilmasi
Yarim sharlarning miya po‘sti deb ataladigan butun yuzasi tekis bo‘lmay, balki g‘ijim-g‘ijim, burmachalar bilan qoplangandir, bular go‘yo egat va pushtalarga o‘xshaydi. Shu bilan birga, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, yarim sharlar yuzasidagi bu egatlar shuncha chuqurroq va pushtalari ko‘proq bo‘ladi. Odam miyasining yarim sharlaridagi pushtalar juda ko‘p va egatlari ko‘p darajada chuqurdir.
Bosh miya po‘sti miyaning kul rang moddasidan iborat 9-rasm. Miyaning turli qismlarida po‘stning qalinligi 1 mm dan. 4-5 mm gacha boradi. Odamning bosh miya po‘stining butun yuzasi o‘rta hisob bilan 2000 kv.sm keladi. Bosh miya yarim sharlari po‘stining yuzasi odatda to‘rtta katta qismga – peshona qismi (yeng kattasi), tepa qismi, ensa qismi va chakka qismiga bo‘linadi 2-rasm.

tepa bo’lagi

3-rasm. Kulrang modda bo’lagi

2-rasm. Bosh miya yarim sharlari po’stining yuza qismlari

ensa bo’lagi

Ba’zi bir olimlarning hisobiga qaraganda, bosh miya po‘sti va yarim sharlarida 15 milliardga yaqin nerv hujayrasi bor.


Katta yarim sharlar po‘sti shakli va funksiyasi bilan bir-biridan farq qiladigan olti qavat nerv hujayralaridan tuzilgan 4-rasm. Oltinchi qavat o‘z navbatida ikki qatlamga bo‘linadi. Ammo bosh miya po‘stining turli qismlari olti qavat hujayradan. iborat emas, balki ikki, uch, to‘rt qavatdan, ba’zi qismlari esa olti qavatdan iborat. Bosh miya po‘stining hujayralar qavati bir xilda bo‘lgan uchaskalari maydon hosil qiladi. Odam bosh miyasining po‘stida hammasi bo‘lib 52 ta maydon bor Tuzilish jihatidan bir-biriga o‘xshaydigan maydonlar sohalarni tashkil etadi; bunday sohalar 11 tadir. Bosh miya po‘stining uchinchi va beshinchi qavatlari katta-gan, qolgan qavatlari esa mayda (donasimon) hujayralardan, uchburchak va dugsimon hujayralardan tuzilgan. Bosh miyaning po‘sti otsidagi qismlari po‘st otsidagi soha deb ataladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin