O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə94/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla­rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o‘zidir. Bu jarayonda nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi. So‘zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo‘linadi. Tashqi nutq – yozma va og‘zaki nutqqa, og‘zaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo‘linadi. Monolog – bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o‘qituvchining bayoni, o‘quvchining to‘laroq javobi, ma’ruza va boshqalardir. Mono­logik nutq ma’lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berishi kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o‘qituvchilar o‘quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasidagi nutq-dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko‘p jihatdan undan oldingi fikrga bog‘liq bo‘ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo‘lgan ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo‘lmasligi mumkin: Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya’ni odatlanib qolingan so‘z birikmasi ko‘p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo‘ladi. Biz so‘zni chala-yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og‘zaki nutq aktlaridan ilgariroq, xususan ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bo‘lgan og‘zaki nutqdan ilgariroq sodir bo‘lishi mum­kin. Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo‘lib, yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin