O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
G‘oya voqelik va hayot ta’sirida uni aks ettirish asosida inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va insonlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr, dunyoni bilishning o‘ziga xos shakllaridan biridir. U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh , partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini
ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi, faoliyatga undaydi, safarbar qiladi.
G‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, o‘ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi:
1. G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, insonlarni ana shu maqsadga erishish
uchun chorlaydi, safarbar etadi.
2. G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi.
3. G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro
dialektik birligiga asoslanadi.
4. G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
5. G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi.
6. G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi
3
.
G‘oyalar namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga: bunyodkor va