vayronkor; ilmiy va xayoliy; falsafiy; dunyoviy va diniy; badiiy; ijtimoiy-siyosiy; sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy; ma’naviy va ma’rifiy; aхloqiy va estetik; tarbiyaviy va
hokazolarga bo‘lamiz.
G‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun muhim turlaridan biri milliy g‘oyadir.
Milliy g‘oya-1) millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning
tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. 2)
Mustaqillik yillarida shakllangan, o‘ziga xos falsafiy asosi, ilmiy-nazariy va tarixiy ildizlarga ega
yaxlit ta'limot. Buyuk davlat va jamoat arbobi I.A.Karimov tomonidan yaratilgan ushbu ta'limot
mamlakat taraqqiyotining ob’ektiv zarurati, milliy rivojlanishning qonuniy hosilasi sifatida ozod
va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzu-
intilishlarini ifodalaydi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq birinchi Prezidentimiz tomonidan milliy g‘oyaning asosiy
tushuncha va tamoyillari, mezon va xususiyatlari belgilab olindi. Birinchi Prezident Islom
Karimovning 1998 yil “Tafakkur” jurnali bosh muharriri bilan suhbatidan “Jamiyat mafkurasi
xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin”, 2000 yil “Fidokor” gazetasi muhbiri bilan
savol-javoblarida “Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli
ma’ruzalarida shu yili chop etilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”
risolasida, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” va boshqa bir qator asar va ma’ruzalarida milliy
g‘oya asoslab berildi.
Xususan, milliy g‘oyaga Prezidentimiz quyidagicha ta'rif beradi: “Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini
2
O’zbek tilining izohli lug’ati. J.5.-T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. 455-bet.
3
Yaxshilikov J. Ya., Muhammadiyev N. E. Milliy g’oya – taraqqiyot strategiyasi, “Fan”, 2017, 35-bet
o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning mazmun- mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz”