O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri, 
axborot xurujlari
 Ommaviy  axborot  vositalari  eng  asosiy,  qudratli  va  ta’sirchan  mafkura  vositasidir. 
Chunki  ommaviy  axborot  vositalari  ommaning  o‘ziga  xos  tarbiyachisi,  muhim  tadbirlarning 
tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan 
ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya 
va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya 
va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy 
axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.  
Ommaviy  axborot  vositalari  orqali  milliy  istiqlol  g‘oyasini  singdirishning  yana  bir 
muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, 
                                                 
42
 Кастельс М. Информационная эпоха: Экономика, общества, культура. -М.: Изд-во «ВШЭ», 2000. -С.502. 
43
 Falsafa:  ensiklopedik  lug‘at.  -T.:   "O‘zbekiston   milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. - B.33-34. 
44
 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. -B.112. 
45
 O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati.   4.J.   -T.:   "O‘zbekiston   milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.-B.370. 


ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbekiston 
fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq Ommaviy axborot vositalarining 
ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch 
martadan  turt  yil  davomida  takrorlansa  -  "haqiqat"  tayyor  buladi,  odamlar  unga  chippachin 
ishonadilar".  
Oxirgi  paytlarda  informatsion  hurujlarning  tez-tez  uyushtirilayotgani  aslida  urushga 
munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - 
axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va 
qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismonan yo‘q qila olmasa-da, uning 
qo‘poruvchilik  kuchi,  keltiradigan  talofotlari  har  qanday  ommaviy  qirg‘in  qurolinikidan  kam 
emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga 
zid  harakat  qilishga  undaydi  va  demaq  insonni  boshqarish,  uning  ustidan  hukmronlik  qilish 
imkonini  beradi.  Aslida,  axborot  maqcadga  erishishning  eng  arzon  vositasi  ham  sanaladi. 
Haqiqatan  ham,  informatsion  hurujlar  uyushtirish  uchun  u  qadap  ko‘p  mehnat,  u  qadap  ko‘p 
harakat, u qadap ko‘p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar 
va  qon  tukishlarni  keltirib  chiqarmasa-da,  milliy  uzlikni  anglashni  zaiflashtirish  evaziga 
tanazzulga olib keladi.  
Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, 
insonlar,  ayniqsa,  yoshlarning  milliyligi,  tafakkuri  va  dunyoqarashini  o‘zgartirib  yubormoqda. 
Taraqkiy qilgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi 
va  turmush  tarzini  bir  qolipga  solish  hamda  unga  o‘zlari  shakllantirayotgan  «ommaviy 
madaniyat»ni  singdirishi  bosh  strategik  siyosatga  aylantirayotganligida  yaqqol  namoyon 
bo‘lmoqda
46

Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan 
nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, 
telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga 
aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi 
ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. 
50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 
13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo‘lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‘tdi
47
.  
Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta 
imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va 
ko‘lamining  keskin  darajada  o‘sishiga  olib  keldi.Internet  bugungi  axborot  makonining  muhim 
bo‘g‘iniga aylandi.  
Internet  kishilar  hayotining  ajralmas  qismiga  aylanib  borayotganini  quyidagi 
raqamlardan  bilib  olish  mumkin:  2000  yildan  2012  yil  oxiriga  qadar  dunyoda  internetdan 
foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni 
esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 
mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika 
qit’alariga  to‘g‘ri  keladi.  Jahon  veb-auditoriyasining  45  %ini  25  yoshgacha  bo‘lgan  shaxslar 
tashkil etadi. Mazkur o‘smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‘natadi, 51 % ijtimoiy 
tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda 600 mln.ga 
yaqin internet saytlar mavjud bo‘lib, har oyda o‘rtacha 201,4 trln. videorolik ko‘rib chiqiladi, har 
kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‘natiladi
48
.  
Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  internetdan  foydalanuvchilar  soni  10  milliondan 
oshdi. 26 mingga yaqin “uz” domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq veb-
sayt  ommaviy  axborot  vositasi  sifatida  ro‘yxatga  olingan.  Internetning  ta’sir  kuchi  beriladigan 
materiallarning tezkorligi, ko‘tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va 
mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko‘p darajada bog‘liq.  
                                                 
46
 Otamurodov S. Globallashuv va milliy – ma’naviy xavfsizlik. T.,”O‘zbekiston”, 2015, 266 bet 
47
UmarovaN. Globallashuv sharoitida axborot hurujlariga qarshi kurash. - T.: Akademiya, 2005, 25-26 b. 
48
http://uz.infocom.uz 


Ana  shunday  vaziyatda  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek,  shuni  unutmaslik 
kerakki,  “bugungi  kunda inson ma’naviyatiga qarshi  yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas  bo‘lib 
tuyuladigan kichkina xabar ham  axborot olamidagi  globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga 
ko‘rinmaydigan,  lekin  zararini  hech  narsa  bilan  qoplab  bo‘lmaydigan  ulkan  ziyon  yetkazishi 
mumkin
49
”. 
Unda  o‘z-o‘zini  o‘ldirishning  oson  yo‘llarini  targ‘ib  qiluvchi  9  mingdan,  erotik 
mazmunga  ega  4  mingdan  ziyod  saytlarning  mavjudligi  ham  buning  isboti  bo‘la  oladi. 
Mutaxassislar  o‘tkazgan  maxsus  tadqiqotlar  mavjud  saytlarning  taxminan  12  foizi  pornografik 
xarakterga egaligini ko‘rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‘idagi pornografiyaning 
faqat  90  foizinigina  filtrlaydi,  ya’ni  komyuterdan  foydalanuvchining  ixtiyoridan  tashqarida 
ekranda  paydo  bo‘lishi  yo‘liga  to‘siq  qo‘ya  oladi.  Demak,  qanchalik  harakat  qilinmasin 
pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, 
ularning  diqqatini  torta  oladi.  Jumladan,  tadqiqotlarda  42  foiz  bolalar  va  o‘smirlar  onlayn 
pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi. 
Shuningdek,  mutaxassislar  ma’lumotlariga  ko‘ra,  internet  orqali  tarqatiladigan 
komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz 
jangari  (turli  otishmalar  va  portlashlarga  asoslangan)  o‘yinlarda  esa  o‘yin  qahramoni  o‘z 
maqsadiga etishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu 
zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maqsad hisoblanadi
50

Internet  rivoji,  u  berayotgan  imkoniyatlar  o‘ziga  xos  qaramlikni  ham  keltirib 
chiqarmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 
10 foizi unga mustahkam bog‘lanib qolgan. 
BMT  Bosh  assambleyasi  2006  yil  8  sentabrda  qabul  qilingan  “BMTning  global 
aksilterror  strategiyasi”da  yangi  uslublar  qatorida  bioterrorizm  hamda  internetdan  terror 
maqsadida  foydalanishning  oldini  olish  choralarini  kuchaytirish  alohida  qayd  etilgan.  2007  yil 
noyabrda  AQSH  Davlat  departamenti  “Tashqi  raqamli  aloqalar  guruhi”  nomli  maxsus  axborot 
dasturini joriy qilgan.  Dastur maqsadi – arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat 
va  bloglarda  AQSH  siyosati  haqidagi  dezinformatsiya  (noto‘g‘ri  ma’lumotlar)ga  qarshi  kurash 
hisoblanadi.  Dasturga  ko‘ra,  zarur  hollarda,  departament  xodimlari  internet  orqali  rasman 
muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma’lumot keltirishi ko‘zda 
tutilgan.So‘nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ibtashviq qilishga qaratilgan veb-
saytlarning  soni  bir  necha  barobarga  oshgan.  Xususan,  10  yil  avval  bunday  saytlar  soni  20  ta 
bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud 
bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‘satdan 
paydo bo‘ladi, vaqt o‘tgach  yo‘qoladi, mazmunini o‘zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va 
domenini o‘zgartirib turadi.  

  Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:     

  Internetga kirishning osonligi;      

 
Foydalanuvchilar sonining ko‘pligi;  

  Aloqaning anonimligi; 

  Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani; 

  Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi; 

   Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin