O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Milliy qadriyatlarga sodiqlik - milliy g‘oyaning tayanch negizlaridan biridir. Bu tamoyil 
yoshlarda  o‘z  milliy  qadriyatlarini  asrab-avaylash,  kelajak  avlodlarga  yetkazishi  uchun  to‘la 
imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O‘tmishdan qolgan buyuk madaniy boyliklarimiz, mumtoz 
qadriyatlarni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan o‘rganish - bu prinsipning asosiy jihatidir. Milliy 
g‘oyaning  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  sodiqlik    tamoyillari  bir-birini  boyitadi,  ayni 
paytda o‘zaro mushtaraklikda rivojlanadi. 
Yoshlarda  vatanparvarlik  fazilatlarini  mustahkamlash  va  unga  yo‘naltirish  milliy 
g‘oyamizning asosiy yo‘nalishlaridandir. Vatanparvarlik-Vatanining ozodligi va obodligi, uning 
sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining 
or-nomusi,  shon-sharafi,  baxtu  saodati  uchun  kuch-g'ayrati,  bilim  va  tajribasi,  butun  hayotini 
baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg'udir.  
Vatanparvarlik - ona-yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan karaydigan
Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat. 
Vatanparvarlik bu-yurtimizda mavjud bo‘lgan salohiyat va boyliklarni ishga solish, ulardan 
oqilona foydalanish, o‘z kuch imkoniyatimizga, ota-onalarimizdan kolgan bebaxo meros, milliy 
urf-odat va an'analariga suyanish, qadriyatlarni tiklash, bir-birimizga yelkadosh bo‘lish ehtiyojini 
har tomonlama tushunib yetish demakdir.  
Vatanparvarlik,  bu  -  O‘zbekistonda  hukm  surayotgan  tinchlik  va  osoyishtalikni, 
jamiyatimizdagi  bunyodkorlik  muxitini,  biz  barpo  etayotgan  farovon  va  osuda  xayotni  tuzish, 
tabora  kuchga  kirayotgan  davlatimizni  ag'darish,  tanlagan  yo‘limizdan  qaytarish,  odamlarning 
yuragiga vahima va qo‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, 


bir-biriga  qarshi  qo‘yish,  yurtimizda,  mintakamizda  o‘z  manfaati,  o‘z  siyosatini  o‘tkazishga 
harakat qilayotgan g'animlarga qarshi kurash demakdir. 
Hozirgi  paytda  yoshlarimizda  vatanparvarlik  tuyg'usini  kamol  toptirish,  ularni  Vatanga 
muxabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Inson o‘z yurtini qanday bo‘lsa 
shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Vatanparvarlik 
kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bo‘ladi: 
1) bilish - Vatan tushunchasiga xos kadriyatlarni egallash
2)  e'tiqod  -  mazkur  qadriyatlar  to‘g'risida  olgan  bilimlarini  e'tiqodga  aylantirish; 
3) harakat - bu e'tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish. 
Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, “Barchamizga ma'lumki, inson o‘zligini anglagani, 
nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi. 
Bu  ildiz  qancha  teran  bo‘lsa,  tug'ilib  o‘sgan  yurtga  muxabbat  ham  shu  qadar  yuksak  bo‘ladi. 
Albatta,  jahon  -  keng,  dunyoda  mamlakat  ko‘p,  lekin  bu  olamda  betakror  ona  yurtimiz, 
O‘zbekistonimiz yakkayu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan”. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin