O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish. Milliy g‘oya orqali yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik
fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy g‘oyaning umuminsoniy qadriyat tamoyillari insonparvarlik, inson qadr-qimmati
sha’ni va or-nomusi, haq-huquqlari hamda manfaatlarining ustuvorligi printsipiga tayanadi. Unda
insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu tamoyil o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lmay, balki
O‘zbekistonning demokratik rivojlanish istiqbolini o‘zida mujassam etadi. Bunda milliy
g‘oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson hamda jamiyat manfaatlari uyg’unligini
belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi omil vazifasini o‘taydi. Demak, milliy g‘oya
ikki muhim, bir-biri bilan bog’liq bo‘lgan negizga tayanadi. Bu bir tomondan, O‘zbekiston
xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an’analari, madaniyati bilan bog’liq milliy-madaniy meros
bo‘lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e’tirof etib,
faqat ezgulikka, bunyodkorlik ishlariga, o‘zaro totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan
umuminsoniy tamoyillardir. Shu ma’noda milliy g‘oya umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etadi.