O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Demokratiya va milliy g‘oya. Demokratik prinsiplarning milliy g‘oya maqsadlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Demokratiya va milliy g‘oya. Demokratik prinsiplarning milliy g‘oya maqsadlari 
bilan o‘zaro bog‘liqligi. 
Istiqlol,  demokratiya  va  taraqqiyot  —  o‘zaro  bog‘liq  tushunchalar.  Chunki  agar  milliy 
mustaqillik  bo‘lmasa,  erkinlik  ham,  erkin  rivojlanish  ham  bo‘lmaydi.  Shaxs  erkinligi  millat 
erkinligidan ayri tushuncha emaye. Shu bois O‘zbekiston o‘tgan asr boshlarida istiqlolni qo‘lga 
kiritganda bir-biri bilan bog‘liq 2 vazifa kun tartibida turardi: biri — mustaqillikni mustahkamlash 
bo‘lsa, ikkinchisi — bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish. 
Hozirgi  paytda  O‘zbekistonda  bu  ikki  jarayon  muvaffaqiyat  bilan  davom  etmoqda  va 
mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib bormoqda. Yana shu narsa ham 
aniq  bo‘ldiki,  iqtisodiy  taraqqiyot  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy-ma’rifiy  yuksalish  bilan  uzviy 
aloqada  kechishi  shart  ekan.  Boshqacha  aytganda,  iqtisodiy  taraqqiyot  osmondan  tushadigan 
mo‘jiza  emas,  balki  uni  O‘zbekiston  xalqining  o‘zi  amalga  oshiradi.  YA’ni,  xalqimizning 
ma’naviy-ma’rifiy  saviyasi,  bilim  va  malakasi,  salohiyati,  umummadaniy  darajasi  qanchalik 
baland bo‘lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, "Erkin, farovon hayotni ta’minlashga 
shart-sharoit  yaratiladi"
31
.  Aholining  har  bir  qatlami,  har  bir  fuqaro  buni  yaxshi  anglab  yetib, 
shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. Ammo bu jabhada muammolarimiz ko‘p. Zero, 
demokratiya — erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o‘z irodasini ifodalash, 
haq-huquqlaridan  bemalol  foydalanish        va        jamiyat        ishlariga  faol  qatnashishni  anglatadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to‘la kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini 
himoya qiladi.  Biroq ayni  vaqtda, demokratiya  yuksak ma’naviyat  egasi bo‘lish,  mas’uliyat  va 
                                                 
30
 Karimov I.A.  Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. 6-jild. — T.: «O‘zbekiston», 1998. — 160-bet 
31
 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz. 8-jild. — T.: "O‘zbekiston", 2000. — 19-
bet. 


jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, 
o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas’uliyat yuklaydi, har bir 
individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‘liq ekanini har soatda bizga 
bildirib turadi. Shu bois huquq va burch, erkinlik va mas’uliyat hamma vaqt birga, uzviy aloqada 
amal  kiladigan  tushunchalardir.  O‘zaro  raqobat,  aqlu  zakovat  kurashi  va  tadbirkorlik, 
ishbilarmonlik  xislatlari  ham  shu  zaminda  adolat  o‘zaniga  tushadi,  kishining  kishi  tomonidan 
nohaq ezilishi, zo‘ravonlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
O‘zbekistonning  mustaqil  mamlakat  sifatidagi  mavjudligi  uning  milliy  davlatchiligi 
taraqqiyoti bilan birgalikda olib qaralgandagina mazmun-mohiyatga ega bo‘ladi. Tarixiy tajribalar 
aynan o‘tish  davrida davlatning islohotchilik roli benihoya katta bo‘lishini  tasdiqlamoqda. Shu 
ma’noda  mustaqil  O‘zbekiston  davlatini  xalqimizning  irodasi  va  ruhini  ifodalaydigan,  uning 
birligini ta’minlashdagi o‘rni beqiyosdir. 
Davlatni shunchaki ma’muriy instrument, boshkaruv apparati, deb talqin etish yetarli emas. 
Bu  ta’rif  demokratiya  sharoitida  ham  milliy  birlik  va  xalqning  ma’naviy  yaxlitligi,  demak, 
uyushib,  jipslashib,  rivojlanish  yo‘liga  chiqishiga  xalaqit  beradi.  Qolaversa,  taraqqiyot  ham, 
demokratiya ham o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Mamlakat xavfsizligini, osoyishtaligini ta’minlash, 
siyosiy manfaatlar to‘qnashuvida dadil turib, milliy manfaatni himoya qilish davlat zimmasidadir. 
Demokratiya  sharoitida,  albatta  davlat  va  uning  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  hokimiyatga 
munosabat  o‘zgaradi.  Chunki  hokimiyat  jamiyat  nazorati  ostida  bo‘ladi.  Saylash  va  saylanish 
mexanizmining amal qilishi, davlat rahbarlarining hisob berib turishi,  matbuot erkinligi, jamoat 
tashkilotlarining  faolligi  _  bularning  hammasi  davlatning  mutlaq  g‘oyalarga  berilishiga  yo‘l 
qo‘ymaydi.  YA’ni,  shaxs,  jamiyat  va  davlat  o‘zaro  yaqinlashib  boradi,  bir-biriga  hisob  berish 
kuchayadi. Natijada shaxs va davlat manfaatlari uyg‘unlashib boradi. 
Ana  shunday  sharoitda  milliy  g‘oya  qanday  ahamiyatga  ega  bo‘ladi,  u  demokratik 
qadriyatlarning  xalq  ongiga  singishi  va  joriylanishiga  to‘sqinlik  qiladimi  yoki  davlatning 
ilohiylashuviga sabab bo‘ladimi? 
Bunga faqat "yo‘q" deb javob berish mumkin. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin