Darhaqiqat, O‘zbekistonnish hozirgi taraqqiyot bosqichida G‘arb mamlakatlari va xalqlariga
xos bo‘ltn «sof g‘arbona demokratiya» modellari ham, ayrim musulmon mamlakatlarida keng
yoyilgan «sof islom davlati» yoki «sof islom demokratiyasi» modellari ham, ularni eksport
qilishga urinishlar ham zararlidir. Biz o‘z milliy taraqqiyot modelimizni barpo etish orqaligina
milliy xususiyatlarimizga, azaliy shakllangan urf-odat va qadriyatlarimizga, xalqimiz turmush
tarziga yot bo‘lgan turli «demokratiya modellari»ga qarshi samarali kurasha olamiz. Buning uchun
jamiyatni modernizatsiya qilish, amalga oshirilayotgan tub islohotlarni izchil davom ettirish,
xalqimizning turmush farovonligini uzluksiz oshirib borish yo‘lidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarni
amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda. "
Shu sababli, — deb ta’kidlagan edi birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov —
agar biz o‘zimiz zamin yaratib ko‘ymasak, ijtimoiy jarayonlarga
tashqaridan turib aralashuv hech qanday samara bermaydi. Bugungi kunda "demokratiyani olg‘a
siljitish" deb atalayotgan muayyan texnologiyalarning shakllangani — bu endi boshqa gap, misol
uchun, hozir xuddi Iroqda bo‘layotganidek. YA’ni, ma’lum bir mamlakatda, aytaylik, "de-
mokratiya taqchilligi" mavjud, ushbu mamlakat xalqiga ana shu taqchillikdan xalos bo‘lishga
yordam berish kerak deb hisoblanadi. Buning uchun katta mablag‘lar ajratilib, tegishli kuchlar
yo‘naltiriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad — to‘ntarish uyushtirish va ana shunday "taqchillik"ni
vujudga keltirgan va avj oldirgan rahbariyatni yo‘qotishdan iborat. Mana shunday xolatlarda
Dostları ilə paylaş: