O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

o‘ylab topmagan" deganida masalaning aynan shu jihatini ham nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. 
Shu bois O‘zbekistonda islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq, yurtimizning o‘ziga xos tarixi, 
geostrategik o‘rni, tabiiy-madaniy zaxiralari, xalqimizning boy ilmiy, falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy 
merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligiga tayangan holda demokratiya tamoyillari 
bosqichma-bosqich  izchil  joriy  etilmoqda  hamda  bu  borada  muayyan  yutuqlarga  ham 
erishilmoqda.  
Shu  o‘rinda  bu  xulosaning  jahondagi  ko‘plab  taniqli  olimlar  va  davlat  arboblarining 
qarashlari bilan uyg‘unligiga e’tibor qaratmoqchimiz. Masalan, amerikalik taniqli siyosatshunos 
va davlat arbobi Zigmund Bzejinskiy bu boradagi shoshma-shosharlikning salbiy oqibatlari haqida 
to‘xtalib, bunday degan edi: "Islom tarixi va madaniy qadriyatlariga bepisandlik bilan yondashib, 
demokratiyani  majburan  kiritishga  urinish,  oxir-oqibat  uning  tamoman  inkor  etilishiga  sabab 
bo‘ladi va aksincha, tashqi tazyiqdan holi bo‘lgan, tabiiy taraqqiyot natijasi o‘laroq, bosqichma-
bosqich shakllantirilgan demokratiya siyosiy madaniyati islom jamiyati tomonidan qabul qilinadi 
va o‘zlashtiriladi"
35
.  
Umuman olganda, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya — yuqori darajada rivojlangan 
kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikka ma’qul yashash tarzidir. Ammo 
uning  amalga  eshishi  barcha  mamlakatlarda  bir  xil  emas.  Har  bir  mamlakat  demokratiyaning 
umumiy  qadriyat  va  tamoyillarini  o‘z  milliy  qadriyatlari  zaminida,  o‘z  xalqining  uzoq  tarixi 
davomida  shakllangan  an’analari  bilan  qo‘shib  qabul  qilganini  bilamiz.  Masalan,  AQSH  yoki 
Angliya, Fransiya (boshqa Yevropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin 
xar biri o‘z milliy ruhi, an’analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi 
mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy-e’tiqodiy udumlar negizida amal qilmoqda. 
Shubhasiz, bizda ham ana shunday bo‘lishi uchun intilmokdamiz.  
XXI  asr  har  jihatdan  murosa  va  kelishuvlar  asri  bo‘ladi.  Dinlar.  mazhablar,  ta’limotlar 
orasida  murosasozlik  yuzaga  kelishi,  inson  baxti  uchun  xizmat  qiladig‘an  narsalar  eng  muhim 
qadriyat  deb qabul  qilininshi lozim.  O‘zlikni anglash barobarida uning o‘ziga xos xususiyatini 
saqlash va takomillashtirish ham muhim o‘ringa ega bo‘ladi. Ma’naviy qadriyatlarni tiklash orqali, 
o‘zbek  xalqi  o‘z  ajdodlari  kim,  dunyo  xaritasida  qanday  mavqega  ega  ekanini  bilib  olmoqda. 
Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  "Biz  hech  kimdan  kam  emasmiz  va  hech  kimdan  kam 
bo‘lmaymiz" deganda ikki jihatni nazarda tutadi: 
1.  Jahon madaniyatiga hissa qo‘shgan, tariximiz ana shu milliy g‘urur, qobiliyat, intilish 
negizida jipslashib, bir maqsad sari harakat qilishga zamin bo‘lmoqda. 
2.  Endigi vazifa — ana shu zaminga imkoniyatni ishga solish, ya’ni o‘qib-o‘rganib, bilim-
malaka  hosil  qilib,  dunyo  maydoniga  dadil  kirib  borish  hamda  o‘z  o‘rnini  egallab 
olishdan iboratdir. 
Ammo  ana  shu  yo‘lda  o‘zlikni  yo‘qotmaslik,  o‘z  milliy  tafakkuri,  an’analari,  ajoyib 
xususiyatlarini  saqlab  qolish  lozim.  Bu  esa  ancha  mushkul  vazifa.  Chunki  taraqqiy  etg‘an 
                                                 
34
 Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. — T.: «O‘zbekiston», 1998.— 87—88-betlar. 
35
 Бзежинский 3. Выбор: мировое господство или глобальное лидерство. — М.: Международные отношения, 2004, с. 279-
280. 


mamlakatlarning hammasi ham bizni quchoq ochib qarshi olayotgani yo‘q. Ular har bir holatda 
ham  o‘z  milliy  manfaatidan  kelib  chiqib  munosabatda  bo‘ladi.  Hatto  demokratiyani  "eksport" 
qilishdan  ham  manfaatdor  ayrim  kuchlar  bor.  Chunki  bu  ularga  mamlakat  boyliklarini 
o‘zlashtirish,  arzon  ishchi  kuchidan  foydalanish  imkoniyatini  yaratadi.  Demokratiyani  yagona, 
yevropacha turmush tarzi mezonlari bilan baholamoqchi bo‘ladi. 
Ana  shuning  uchun  ham  milliy  tarbiya  masalasi  hozir  dolzarb  bo‘lib  turibdi.  Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi  aynan  shu  maqsad  uchun  qabul  qilindi.  Farzandlarimiz  yangicha 
yashashga  tayyor  bo‘lishi  va  eng  muhimi,  O‘zbekistonning  gullab-yashnashiga  hissa  qo‘shishi 
kerak. Zamonaviy bilim, zamonaviy malaka, zamonaviy qobiliyat egalari bo‘lib yetishsin. Milliy 
g‘oyaning bosh maqsadi ham shu. 
Lekin  bu  yerda  gap  faqat  ta’lim-tarbiya  tizimi  haqida  borayotgash:  yo‘q.  Bu  yerda  gap 
umuman jamiyat tizimi, yaxlit olganda, O‘zbekiston xalqini yuksaltirish ustida bormoqsa. Ochig‘i, 
milliy o‘zlikni saqlash hozir muhimroq bo‘lib qoldi.  
Bu  nima  degani?  Biz  milliy  qadriyatlarni  tiklash  bilan  chegaralanmasdan,  ular  yetilib 
kelayotgan avlod tomonidan qanchalik qabul qilinmoqda, sevilmoqda, davom ettirilmoqda, degan 
savollar  ustida  ham  bosh  qotirishimiz  lozim.  Zero,  eng  katta  xavf  ham  ilg‘or  mamlakatlar 
mafkurasidagi individualizm ta’siriga tushib o‘zlikni yo‘qotishdir. 
Mana shuning uchun ham milliy g‘oya ruhidagi keng miqyosdagi tarbiya benihoya muhim 
va biz uchun hayot-mamot masalasidir. Bunda axloqiy va xuquqiy tarbiya birga rivojlantirilishi, 
milliy o‘z-o‘zini tahlil va tanqid ham muayyan o‘rin egallashi lozim. Chunki millat o‘zini o‘zi 
ma’nan tozalab, poklab borishi kerak. 
Lekin ayrim kishilar hamon sustkashlik, boqimandaliqdan to‘la qutulgani  yo‘q. Ko‘pgina 
hollarda  tadbirkorlikni  faqat  olib-sotarlik  darajasida  anglash  sodir  bo‘lmoqda.  Ayniqsa,  dunyo 
bozorini  egallaydigan  mahsulot  ishlab  chiqarishi  bilan  e’tibor  qozonish,  servis  xizmat  sohalari 
yuqori  darajada  bo‘lishiga  erishilgani  yo‘q.  Buning  sabablaridan  biri  ichki,  ongli  intizom 
shakllanmagan, har bir odam vaqtdan foydalanishi, o‘zgalar vaqtini band etmasdan, har bir narsa 
belgilangandek, aniq va to‘g‘ri bajarish shart ekanligini his etmayotganligidir. Eski odat bo‘lib 
qolgan  beparvoligimiz,  mas’uliyatsizligimiz  ko‘p  narsani  boy  berishimizga  sabab  bo‘lmoqda. 
Aybni  boshqalarga  to‘nkash,  mas’uliyatni  o‘z  bo‘yniga  olmaslik  kasalidan  qutulganimiz  yo‘q. 
Hali ham isrofgarchilik bor, tejamkorlikni o‘rganganimiz yo‘q. 
Shu bois keng ma’noda tafakkurimizni, hayot tarzimizni qayta qurishimiz, hushyor, oqilu 
fozil  kishilar  kabi  yuqori  darajali  mehnat,  faoliyat  va  turmush  intizomiga  erishishimiz  lozim. 
Qachongacha  rahbar  ko‘rsatma  yoki  do‘q-po‘pisa  qilsa  ishlaymiz?  Nega  har  bir  odam 
tashabbuskor emas? Nega kimdir biz uchun o‘ylasin, biz uchun fikr qilsin, hukm chiqarsin degan 
kayfiyatda yuramiz? 
Ma’lumki,  sobiq  sho‘rolar  davrida  sharq  xalqlariga,  jumladan,  bizga  nisbatan  Marksning 
«Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» deb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko‘riladi degan qarash 
hukmron  edi.  Bu  nazariyaning  mohiyati  Sharqda  hokimiyatni  boshqarish  azaldan  despotizmga, 
ya’ni  zo‘ravonlikka  asoslanadi,  degan  fikrdan  iborat  edi.  Yevropatsentristik  qarashlar  (Gegel), 
Yevropani  jo‘g‘rofiy  jihatdan  ustun  qo‘yish  (Monteskye),  kapitalizmning  tarixan  aynan 
Yevropada paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning (Maks Veber) barchasi  osiyocha turmush 
tarzi uchun demokratiya mutlaqo yot narsa, degan bepisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi 
kunda  Sharqning  ham  o‘ziga  xos  davlatchilik  an’analari,  boshkaruv  tizimi,  idora  usullari, 
hokimiyat tarmoqlari bo‘lgani, bu borada u g‘arbdan sira kam emasligi barchata ayon bo‘lib qoldi. 
Xususan, sharqona demokratiyaning qator ustuvor jihatlari mavjud. Bu — g‘oyaviy-falsafiy 
asosda  shakllangan  insonparvarlikdir.  Masalan,  bizning  Forobiy,  Amir  Temur,  Nizomulmulk, 
Alisher Navoiy kabi ajdodlarimizning siyosiy qarashlari negizida turli davrlarda o‘ziga xos siyosiy 
madaniyat  shakllangan.  Sharq  siyosiy  falsafasining  muhim  jihatlaridan  biri  —  «meyor» 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin