O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
"baxmal o‘zgarish"lar texnologiyalari ishga tushadi: avvalgi hokimiyat nisbatan tinch yo‘l bilan, qurbonlarsiz ketishi, uning o‘rnini boshqa, mazkur texnologiyalar manfaatlariga javob beradigan kuchlar egallashi ko‘zda tutiladi" 33
.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston teran milliy davlatchilik negizlariga ega, ularni chuqur
o‘rganib, yoshlarda milliy davlatchilik, qadriyatlarga, xalqimizning boy madaniy merosiga,
nisbatan muhabbat tuyg‘ulari kamol toptirib borilsa, soxta demokratiya modellarining "eksporta"
bilan bog‘liq xavf-xatarning oldi olinadi.
Bugungi kunda ilmiylikka da’vo qilayotgan ana shunday yondashuvlardan biri demokratiya
tranziti yoki ilmiy ibora bilan aytganda, tranzitologiya konsepsiyasidir. Uning mohiyati ayrim
davlatlarning nodemokratik holatdan demokratik tuzumga o‘tishini asoslab beradigan g‘oya va
qarashlarda namoyon bo‘ladi. Tranzitologiya nazariyotchilari jamiyat hayotining barcha
sohalarini liberallashtirish va demokratlashtirish, turli siyosiy partiya va harakatlarning
raqobatlashuviga asoslangan erkin saylovlarni joriy etish tamoyillarining ustuvorligini
ta’kidlagani holda, muayyan mamlakatning tarixiy o‘tmishi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot darajasi,
xalqining milliy qadriyat, urf-odat va an’analari, kishilar mentaliteti, dunyoqarashi va siyosiy
madaniyatini umuman e’tiborga olmaydi yoki ularni ikkinchi darajali omil deya baholaydi.
Vaholanki, ular zamonamizning eng rivojlangan davlatlarida bugungi demokratik tuzum va
qadriyatlar asrlar davomida shakllanib kelganini (masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi
mamlakatlar demokratik taraqqiyot borasida uch-to‘rt asrlik tajribaga ega), bu jarayon keskin
ziddiyatlar, bahs-munozaralar va kurashlar orqali kechganini, demokratiya unsurlari bosqichma-
bosqich joriy etilganini unutgan ko‘rinadi. Masalan, AQShda XIX asrning 30-yillarigacha, ya’ni
mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganidan qariyb 50 yildan keyin ham ayollar, hindular va qora
tanli kishilar fuqarolik hamda siyosiy huquqlarga ega bo‘lmagan.
E’tiborli jihati shundaki, neoliberal va demokratik tranzit konsepsiyalari rivojlangan
mamlakatlarning o‘zida ming bir chig‘iriqdan o‘tkazilib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan tatbiq etilsa,
boshqa, ayniqsa, endigina demokratik taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlarda shart-sharoit yetilgan-
yetilmaganidan qat’i nazar, demokratiyaning g‘arbona andozalarini joriy etish qat’iy talab etiladi.
Masalaning aynan shu jihatiga to‘xtalib, davlat va jamoat arbobi Islom Karimov bunday degan
edi: "Biz boshqa davlatlarning rivojlanish jarayonida to‘plangan va respublika sharoitida tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy tajribalardan foydalanish imkoniyatini istisno qilmaymiz. Ayni chog‘da, biron bir andozadan, hatto u muayyan mamlakatda ijobiy natijalarga olib kelgan bo‘lsa ham ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish mutlaqo nomaqbuldir. Shunisi aniq-ravshanki, muayyan
33
Karimov I A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. 13-jild. — T.:«O‘zbekiston», 2005, 136-bet.
vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular o‘sha mamlakatga xos bo‘lgan alohida sharoitdagina ijobiy samara berishi mumkin. Aksincha, jozibador bo‘lingiga qaramay, aslida begona, yot andozalar sun’iy ravishda tiqishtirilgan joyda iqtisodiy islohotlar muqarrar ravishda barbod bo‘laveradi" 34 .
Albatta,
yurtimizda
demokratiyaning
fundamental
tamoyillarini,
rivojlangan
mamlakatlarning bu borada erishgan yutuqlarini inkor etadigan birorta odam bo‘lmasa kerak. Bu
o‘rinda so‘z faqat har bir mamlakat va xalqqa xos xususiyatlar, milliy qadriyat va an’analarning
demokratiya unsurlari bilan qay tarzda uyg‘unlashuvi hamda ularning amaliyotga tatbiq etish
bosqichlari xususida bormoqda. Qolaversa, Uinston Cherchil bundan qariyb olmish yil muqaddam
"Demokratiya ham kamchiliklardan holi emas, ammo insoniyat undan mukammalroq tuzumni hali