Sog‘lomlashtirish modeli. Sog‘liqni saqlash sohasida ijtimoiy marketing uchun iste’molchilar o‘z salomatliklariga nisbatan o‘zlarini qanday tutishlari muhim ahamiyatga ega: chekishni qanday tashlaydilar, yangi parhezga qanday kirishadilar, trenajyor zallariga qanday keladilar va h.k. «O‘zgarish bosqichlari» nomli modelda beshta bosqich ajratiladi:
Avvalgilari. Anglanmagan holda «nimadir qilish kerak»ligi muammo yoki zarurati. Mulohaza yuritish. Muammo va nimanidir o‘zgartirish haqida jiddiy mulohaza yuritish.
Tayyorgarlik. O‘zgarishlarni boshlash haqida qaror qabul qilish va jarayonga tayyorgarlik.
Harakat. Tabiatini (xulq-atvorini) 1 kundan 6 oygacha muddatga muvaffaqiyatli modifikatsiyalash.
Mustahkamlash. Yangi shaklni 6 oydan ortiq muddatga saqlab qolish.
O‘z salomatligi haqida jiddiy tashvishlanishi uchun (chekishdan voz kechish, vaznini kamaytirish v.b.) inson ushbu besh bosqichning hammasidan o‘tishi lozim. Ijtimoiy marketingning vazifasi – inson ushbu jarayonlarning hammasini bo‘ysundira olishi uchun chaqiriq va vositalar topishdir.
5.Xaridor faolligi siklining modeli. Professor Sandar Vandermerve iste’molchining har qanday masalaga nisbatan uchta tabiatining bosqichlarini ko‘rib chiqishni taklif qiladi: «…gacha» «jarayonda» va «keyin» faollikning yuzaga chiqishi.
«…gacha» bosqichida nima qilish kerakligi haqida qaror qabul qilinadi, «…jarayonda» masalani hal qilish yuz beradi, «keyin» inson erishgan muvaffaqiyatni saqlab qolish bilan shug‘ullanadi.
Korporativ xaridor – IBM dan dasturlarning yangi paketini sotib olish haqida mulohaza yuritayotgan bank yoki boshqa ishlab chiquvchining faollik sikli ko‘rsatilayotgan IBM ning vazifasi tanlovni o‘z foydasiga moyil qilish uchun har bir bosqichda xaridor uchun foydali ta’sir etish. Aynan nima taklif qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bank uchun maksimal foydani «hal qilish» qarorini beradi. Bunday variantni taklif qila borib, IBM xaridorga to‘liq xizmat ko‘rsatadi. Agar kompaniya shunchaki, o‘zining dasturiy ta’minlashini sotganda edi, yetishmayotgan xizmatlar uchun mijozlar boshqa tashkilotlarga murojaat qilishgan bo‘lar edi. Kompleks xizmat ko‘rsatishda bank IBMni afzal ko‘radi, xolos.
Dostları ilə paylaş: |