O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə119/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Xariddan keyingi reaksiya. Tovar sotib olgach, iste’molchi qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usini his qiladi. Xaridor tovarni sotib olgan paytdan ishlab chiqaruvchining ishi tugamaydi: u sotishdan keyingi paytda ham davom etadi. Marketolog iste’molchining qilgan xarididan qoniqqanlik darajasini, uning tovar sotib olingandan keyingi reaksiyasini va mahsulotning keyingi taqdirini o‘rganishi kerak.

Xariddan qoniqish. Iste’molchining xarididan qoniqqan yoki qoniqmaganini qanday aniqlash mumkin? Xariddan qoniqish iste’molchining kutgani va tovar xarakteristikasining real tarzda mos kelishi sifatida belgilanadi. Agar xarid dastlabki kutilganiga mos kelmasa, foydalanuvchi uni yoqtirmaydi, agar xaridorning ishonchi oqlansa, u qoniqish his qiladi. Agar tovarga berilgan xarakteristika iste’molchining kutganidan ham yaxshi (yuqori darajada) chiqsa, unda iste’molchi qoyil qolish tuyg‘usini his qiladi. Xaridorning takror xarid haqidagi qarori va uning do‘stlari va tanishlariga ushbu tovarni maqtab, sotib olishi, unga undashi ushbu tovardan qanoatlanganlik darajasidan kelib chiqadi.

Iste’molchining kutishi sotuvchi va do‘stlaridan olgan ma’lumotlari asosida shakllanadi. Kutilgani va tovar xarakteristikasi orasidagi mos kelmaslik qancha ko‘p bo‘lsa, iste’molchining noroziligi shuncha kuchli bo‘ladi. Xaridor xarid qilgan narsasidan qoniqishi uchun ishlab chiqaruvchining reklamasi tovarning real xarakteristikasini ishonchli aks ettirmog‘i zarur. Ayrim sotuvchilar iste’molchi xarididan kafolatli qoniqish hosil qilishi uchun qandaydir darajada ularni pasaytiradilar ham.




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin