O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Tovar–moddiy zaxiralar. Tovar–moddiy zaxiralar darajasi haqidagi qarorlar – xaridorlar talablarini qondirishga ta’sir etuvchi tovarlar harakati sohasidagi yana bitta qaror. Bozor ishtirokchisi firma mijozlarining hamma buyurtmalarini bajarish uchun yetarli tovar zaxiralariga ega bo‘lishni xohlaydi. Biroq firma uchun bunchalik ko‘p zaxirani saqlash rentabelli emas. Mijozlar uchun servis darajasini oshirish davomida tovar–moddiy zaxiralarini saqlash xarajatlari jiddiy o‘sadi. Rahbariyat, tovar zaxiralarini ortishini oqlash uchun savdo va daromadlar yetarlicha o‘sish – o‘smasligini bilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundan keyin qo‘shimcha partiya tovarlarni qanchalik darajada buyurtma qilish masalasi hal qilinishi mumkin bo‘ladi. Masalan, “Toyota” firmasi mahsulotlari tannarxini pasaytirish omillaridan biri butun dunyoga mashhur “jit” (just in time - aniq o‘z vaqtida) tizimini qo‘llashdir. Bu ishlab chiqarishning ombordan foydalanmaydigan, uncha katta partiyalarda bo‘lmagan “kanban” signali bo‘yicha tizimi. “Jit” –bu komplektlovchi mahsulotlar omborlarini bartaraf qilish uchun kurash va ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar tomonidan ideal darajada qo‘yilgan ta’minot. “Toyota” omborining “chidamlilik zaxirasi” o‘rtacha 2-3 soat, tarmoqlar qatoriga ko‘ra sal yuqoriroq– maksimum 0,5 kun. Tartibsiz omborga joylashtirish va istagancha saqlab turish, bu tashlab yuborilgan pullar, vaqt va oqilona foydalanilmagan maydon. “Toyota”ning prinsipi ana shunday.