Buyurtmalarga ishlov berish. Mijozdan buyurtma olib, buyurtmalar bo‘limi to‘lov xujjatlarini tayyorlaydi va ularni firmaning turli bo‘limlariga tarqatadi. Mavjud bo‘lmagan mahsulotlar qarzga yoziladi. Yuklangan (tushirilgan) buyumlar yuklarni tushurilganlik to‘lov hujjatlari bilan kuzatiladi. Bu hujjatlarning nusxasi firmaning turli bo‘limlariga yuboriladi. Kompyuterlashtirish “buyurtma – yuklash – (tushirish) – hisobni rasmiylashtirish” siklini tezlashtiradi.
Omborga joylashtirish. Ishlab chiqaruvchining sikli va iste’mol bir biri bilan kamdan kam mos tushadi va tovarlarni saqlashga to‘g‘ri keladi. Shaxobchalarning soni haqidagi qarorlarni, iste’molchilar uchun servis darajalari va taqsimlash bo‘yicha xarajatlar muomalalarini o‘zaro bog‘lab, qabul qilish kerak. Firma xususiy omborlariga ega bo‘ladi yoki umumiy foydalanish omborlaridan ijaraga joy olishi mumkin. Zamonaviy omborlar yuklarni qayta ishlashning mukammal tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, markaziy EHM nazorati ostida ishlaydi. Bunday omborlarda ishlab chiqarish jarohatlari, ish kuchiga haq to‘lash xarajatlari, tovarlarni talon–taroj qilish va ishdan chiqarish holatlari kam, zaxiralarni boshqarish tizimi ancha mukammallashgan.