O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Savdoni (o‘tkazishni) rag‘batlantirish dasturlarini tuzish
Rag‘batlantirishning aniq usullarini tanlab olishda marketologlar quyidagilarni hisobga olishlari lozim:
rag‘batlantirish o‘lchami (kompaniya muvaffaqiyati uchun rag‘bat (stimul) ayrim minimal darajadan oshishi kerak);
dasturda ishtirok etish shartlari (rag‘batlar hammaga yoki alohida shaxslar guruhiga berilishi mumkin);
kompaniyaning davomiyligi (ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra kompaniyani chorakda bir marta davomiyligi uch hafta yoki tovarni sotib olinishining o‘rtacha sikli davomida rag‘batlantirish o‘tkazishi optimal hisoblanadi);
rag‘batlantirishni tashuvchilarni tarqatish usullari (chegirma bilan taklif qilingan kuponlar bevosita o‘ramga qo‘yilishi do‘konlar, pochta orqali yoki bevosita reklama mahsuloti bilan birga tarqatilishi mumkin);
savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha kompaniya tadbirlar o‘tkazish muddatlari;
dasturning umumiy budjeti. Kompaniya umumiy konsepsiyasini teztez realizatsiya qilish uchun marketologlar bir necha usulni qo‘shib olib boradilar.