O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Differensial narx tayinlash (ingl. differential pricing) — narx belgilash uslubi bo‘lib, unga ko‘ra bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli guruhlariga har xil narxlarda sotiladi.
Duopoliya (ingl. duopology) — 1) faqatgina ikkita sotuvchi mavjud bo‘lgan bozor. 2) birja savdolarida ko‘p sonli xaridorlarga bir xildagi tovarni taklif etayotgan ikki sotuvchi hukmronlik qiladigan vaziyat. Ular o‘zaro bir-biri bilan raqobatlashishi yoki takliflar hajmi, sotuvlar muddati va narxlarga nisbatan sinxron — uyg‘un tarzda ish ko‘rishi ham mumkin; 3) o‘zaro shartlashib kelishish asosida yuqori sotuv narxlarini saqlab turuvchi va bir-biri bilan o‘zaro narxdan tashqari raqobat olib boruvchi ikki sotuvchining oligopoliyasi; mahsulotga xarajatlar taxminan teng bo‘lgan sharoitda yuqori narxni hamjihatlik bilan saqlab turish foydaliroq.