Ko‘rgazma-yarmarka — professional, savdo va texnikaviy xaridorlar uchun mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish maqsadida tashkil qilingan ko‘rgazma.
Litsenziyalash (ingl. liecensing) — davlat organlari tomonidan sotuvchilarga savdo va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsatnoma (maxsus ruxsatnoma) berilishi.
Loyallik (ingl. loyalty) — iste’molchining markaga, brendga munosabati xarakteristikasi, aynan shu mahsulotni iste’mol qilishdan qanoatlanishni tavsiflovchi sadoqat va takror xaridni amalga oshirishi ehtimoli.
Mikromarketing — korxonalar va tashkilotlar faoliyatini marketing tamoyillariga asoslangan boshqarish tizimi. Makromarketing davlat organlarining bozor sohasida iqtisodiy dastaklar va stimullar tizimi (kredit, soliq, investitsiya, shuningdek, siyosat)dan foydalanadigan faoliyatini, shuningdek, tijorat tashkilotlari faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Makromarketing — davlat va uning hududi miqyosida amalga oshiriladigan marketing. Marketing faoliyati va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar makromarketing predmeti bo‘lib, hisoblanadi.