Markani maksimal tanishtirish — konsepsiya; kompaniya, brend, mahsulotlar, xizmatlar va siyosiy qarashlarni olg‘a harakatlantirishga oid marketing tadbirlarining maksimal miqdori.
Marketing bo‘yicha direktor-(marketing direktor) — kompaniya (firma, korxona) tuzilmasida reklama, mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish, tadqiqotlar va marketing majmuasi, boshqa elementlarini qo‘shgan holda butun marketing faoliyatiga rahbarlik qiluvchi kishi.
Marketingni boshqarish (marketing-menejment) — firma (kompaniya, korxona) oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish, tahlil, rejalashtirish, hayotga joriy etish va nazorat qilish bosqichlarini o‘z ichiga olgan, uch qismdan iborat bo‘lgan jarayon.
Dostları ilə paylaş: |