Jahon bozori narxi — xalqaro oldi-sotdi bitimlarida yoki narxlar to‘g‘risidagi boshqa ishonarli manbalarda (tijorat takliflarida, birja kotirovkalarida, narxlarning ma’lumotnomalarida, preyskurantlar va boshqalarda) qat’iy qayd etib qo‘yilgan narxlarning eng umumiy ifodasi —jahon tovar bozori bahosidir.
Kompaniya — marketing maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan izchil va mufassal tuzilgan sxema. Marketing rejalashtirish va tatbiq etishining barcha bosqichlari mahsulot va xizmatning birlamchi konsepsiyasidan boshlab to ana shu sxema yaratilganidan keyin amalga oshirilgan marketing kampaniyasini o‘tkazishiga reaksiya monitoringigacha unga kiritiladi. Marketing tadbirlari va mahsulot o‘tkazishni rag‘batlantirishning barcha elementlari ham kampaniya sxemasiga kiradi, jumladan: mahsulot yaratish, brending, qadoqlash, distributsiya, reklama, bevosita pochta orqali jo‘natma, teledo‘konlar, jamoatchilik bilan aloqalar, sotuvlarni rag‘batlantirish, elektron tijorat metodlari, iste’molchilar bilan aloqalarni boshqarish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish.
Kliring — o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi.
Komissioner (commision agent) — tovarlar xarid qilinishi va sotilishini ularga nisbatan mulkdorlik huquqlarini olmasdan turib amalga oshiruvchi ulgurji vositachi.
Kompaniya (company) — yuridik shaxslarning turli iqtisodiy (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug‘urta) faoliyatni amalga oshirish uchun birlashishi. Kompaniya o‘zi ham yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.