O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə259/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Reklama agentligi (ingl. advertising agency) — o‘z mijozlari uchun reklama kampaniyalari tadqiqoti, rejalashtirish, tayyorlash va reklama materiallarini joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot.

Reklama tadqiqotlari - (ingl. advertising research) quyidagilardan tarkib topgan, jumladan, reklama kampaniyasi o‘tkazishgacha bo‘lgan tadqiqotlar; konsepsiya ustida izlanishlar; reklama materialini testlashtirish; OAV sohasidagi tadqiqotlar; motivatsiya sohasidagi tadqiqotlar, motivatsiya tahlili; reklama kampaniyasi o‘tkazilgandan keyingi tadqiqotlar; reklama kampaniyasi samaralarini o‘rganish.

Remarketing (ingl. remarketing) — mahsulot haddan tashqari ko‘payishi oqibatida unga bo‘lgan talab pasaygan davrda qo‘llanadigan marketing turi. Remarketing faoliyatining asosiy vazifasi — bozorda talabni qondirishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat, buning uchun tovarga bozor yangiliklarini singdirish, firma faoliyatini yangi bozor sharoitiga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va hokazolarni amalga oshirish talab qilinadi.

Savdo baryeri — mamlakatlar o‘rtasida, odatda, tariflar, kvotalar yoki valuta nazorati ko‘rinishida amalga oshiriladigan tovarlar va xizmatlar erkin ayirboshlanishini sun’iy ravishda cheklash.

Savdo belgisi — yuridik yoki jismoniy shaxslarning mahsulotlari yoki xizmatlarini individuallashtirish (boshqalardan farqlash) uchun xizmat qiladigan alohida belgi, so‘z, ism, ibora, tasvir, raqamlar, harflar, tovush yoki aralash shaklda bo‘lishi mumkin. Intellektual mulkning bir turi.

Savdo menejeri (ingl. sales manager) — mahsulot o‘tkazish va sotish bo‘limi va uning alohida tovar yoki guruhi bilan ish ko‘rishi uchun mas’ul bo‘lgan rahbar. Kompaniya direktoriga hisobot berish, savdo va marketing bo‘yicha direktorga hisobot berish, sotuvchilar to‘g‘risidagi yozma hisobotlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ko‘pincha savdo va rahbar personalini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tijorat direktori vakolatlari sirasiga kiradi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin