O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə64/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Marketing muhiti — korxona (firma, kompaniya) marketing va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan muhit. Tashqi va ichki atrof-muhit marketingi farqlanar ekan, muhitning nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Har qanday korxona (firma, kompaniya) o‘z tovarlarini yetkazib bergan va xaridorlarni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozor bilan aloqada bo‘lib faoliyatini amalga oshiradi. O‘z navbatida, firma (kompaniya) bozordan realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning puldagi ekvivalenti va yana o‘zga axborotlarni ham oladi. Bir butun yaxlitlik sifatida berk tizim vujudga keladi. Uning barobarida yana bir yopiq tizim mavjud bo‘lib, unda kompaniya (firma) xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat organlarining turli xildagi normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga nisbatan qabul qilib oluvchi bo‘g‘in sifatida ish ko‘radi. Bunga javoban korxona (firma, kompaniya) ham tegishli axborotlar va pulni yo‘naltiradi. Natijada esa korxona (firma, kompaniya) marketingda tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanadi. Tashqi muhit tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan darajadagi ichki potensialni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. Demografik, iqtisodiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy omillar ana shular sirasiga kiradi.Tashqi marketing muhiti - firma tashqarisida harakatlanadigan subyektlar jamlanmasi bo‘lib, ular hamda firma o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, rahbariyat va marketing xizmati imkoniyatlari, xaridorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va uni saqlab qolishda ta’sir qiluvchi holatlardir. Marketing muhitini hosil qiluvchi asosiy omillar 4.3-rasmda keltirilgan.



4.3-rasm. Marketing muhitini tashkil etuvchi omillar

Tashqi marketing muhiti mikromuhit va makromuhitdan tashkil topadi.



Makromuhit (ingl. Macroenvironment) — umumiyligicha mikromuhitga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tashqi omillar (demografik omillar, madaniy muhit omillari, siyosiy omillar, ilmiy-texnik omillar, tabiiy omillar, iqtisodiy omillar). Marketing tizimi ma’lum muhitda ishlagani uchun unga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi:

  1. Demografik omillar.

  2. Iqtisodiy omillar.

  3. Tabiiy omillar.

  4. Ilmiy-texnik omillar.

  5. Siyosiy omillar.

  6. Ma’naviy muhit omillari.

Sanab o‘tilgan tashqi omillar firma natijaviy ko‘rsatkichlariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

4.4-jadval


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin