O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Iste’molchilar-bozorda o‘z talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida firmalarining tovar va xizmatlarini sotib oluvchi firmalar yoki alohida jismoniy shaxslardir. Iste’molchi bozorda - shoh. Shuning uchun marketologning asosiy vazifasi iste’molchini doimo o‘rganish, uning xohishini aniqlash, tahlil qilishdan iborat.
Firma - bu korxonadan farqli o‘laroq ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga kelmoqda.