O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə74/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Mahsulotlar (xizmatlar) tarifi. Biznes-rejaning eng muhim qismi korxona ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan tovar va xizmatlar tariflanadigan bo‘limdir.

Korxona yuqori iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarishi zarur, ya’ni ularning sotilishidan tushgan foyda iste’molchining uni sotib olish uchun qilgan xarajatlariga mos kelishi lozim. Faqat bunday hollardagina iste’molchi uning uchun pul to‘lashga rozi bo‘ladi.

Biznesga yoki firma tarixida yangi sahifa ochilishiga asos bo‘lishi lozim bo‘lgan tovar va xizmatlarni tanlash yoki raqobatchilarga nisbatan ancha past xarajatlar bilan xaridorlarni nisbatan arzon tovarlarga jalb qila borib ixtisoslashuv – birinchi navbatda, yuqori sifatni talab qiluvchi va buning uchun mukofotli narxlarga ega bo‘lgan (buning uchun raqobatchilar orasidan ajralib chiqishni o‘rganish zarur) o‘ta talabchan xaridorlarning alohida ehtiyojlarini qondira olish hisobiga barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlashni ko‘zda tutadi.

Tovarning ko‘rgazmali tasvirini ko‘rsatish zarurati o‘ta muhim hisoblanadi. Hech bo‘lmasa bitta yangi turdagi tovarning paydo bo‘lishiga olib kelmagan g‘oya ostida pul olish juda qiyin bo‘ladi. Tadbirkorlarni bankning tovar haqida umumiy tasavvur olish emas, shuningdek, qanday holatda, mahsulot qanday qadoqlanishi, uning dizayni, tovarning aniq xossalari, uning himoyalanganlik darajasi, narxini asoslanganligi kabilarni ham bilish istagi juda hayratlantiradi.

Bank mutaxassislari uchun tovarning sifati, demak, uning raqobat potensiali, uning iste’mol tendensiyalari haqida ham bilish juda muhim, chunki tovarni bozorga kirib borish va daromad olish imkoniyatlari ana shularga bog‘liq.

Tovarni tariflash quyidagi savollarga javob berishni ko‘zda tutadi:

Tovarning aniq tarifi va uning qo‘llanish usullari. Bunda tovarning xossalari uning potensial sotib oluvchilar talablariga bog‘liq bo‘lishi lozim.

Tanlangan tovarni qo‘llash tendensiyalari (vaqt o‘tishi bilan uning iste’moli o‘sadimi yoki kamayadimi, uni qo‘llashning yangi usullari bo‘lishi mumkinmi?) Firma tovarning hayot siklini qanday ahvolda ko‘radi?

Raqobatchilar tomonidan taklif qilinayotgan shunga o‘xshash tovarlarning tashxisi qanday? Tanlangan tovar raqobatchilarning modeliga solishtirilganda noyoblikka egami, bozor (iste’molchilar) tovarning noyobligi, o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishini talab qiladimi?

Tovarning himoyalanganlik darajasi qanday, ya’ni tadbirkor patentga, mualliflik huquqiga, ro‘yxatga olingan tovar markasi va boshqalarga egami?

Xaridorlar nima uchun raqobatchilarning tovar yoki xizmatlarini emas, aynan ushbu tovarni tanlashlarini, ya’ni taklif qilinayotgan tovar qanday raqobat ustuvorligiga egaligini tushuntirish kerak. Dasturning ushbu bo‘limida narxlarning taxminiy belgilanishini, sotuvdan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini taklif etish mumkin.

Agar tovarning xossalari uning sotilishidagi ayrim kattaliklardagi tebranish - (o‘zgarish)larni – davriylik, mavsumiyliklarni belgilasa, bu haqida alohida aytib o‘tish lozim (masalan, avtomobillar – davriy, bolalar chanasi – mavsumiy tovar).




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin