O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing


Xaridorning qaror qabul qilishiga uning shaxsiga oid tavsiflari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə111/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Xaridorning qaror qabul qilishiga uning shaxsiga oid tavsiflari: yoshi va oilasi hayot siklining bosqichi, ishi, iqtisodiy holati, hayot uslubi, fe’l-atvori va o‘zini o‘zi anglashining o‘ziga xosligi kabilar ta’sir qiladi.

Yoshi va hayot sikli bosqichi. Hayoti davomida odam turli xil tovar va xizmatlarni sotib oladi. Bolaga bolalar ozuqasi zarur, katta odamlar rang-barang mahsulot va taomlarni tatib ko‘rgisi keladi, yoshi ulg‘ayganda (keksayganda) esa u parhez taomlarni iste’mol qiladi. Vaqt o‘tgan sari kiyimlar, mebellar, dam olishga nisbatan ham individual did (qarash) lar o‘zgarib boradi.

Individ ist’emolning strukturasi uning oilasi hayot siklining qaysi bosqichdaligiga bog‘liq. Odatda, oilalar hayot siklining 9 bosqichi ajratiladi, ularning har biri uchun ma’lum moliyaviy ahvol va o‘ziga xos xaridlar xarakterli. Ko‘pincha, marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchilar oilaning hayot tarziga mos davrdagi ma’lum maqsadli guruhlarga ko‘ra ish tutadilar. E’tiborga olish kerakki, bitta uy xo‘jaligi egalari ham yagona oilani tashkil qilavermaydi. Marketologlar yolg‘iz odamlar, fuqarolik nikohida yashovchilarni ham ajratadilar. Bundan tashqari yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar inson hayot siklining psixologik bosqichlari ham mavjudligini aniqladi.




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin