Tartibga solinadigan narxlar – talab va taklifning o‘zgarishi ta’siri ostida shakllanadi, lekin davlat organlari narxning o‘sishi yoki pasayishini chegaralaydi. Ularga:
chegaralangan narxlar, mahsulotni sotish uchun eng yuqori chegarasi belgilangan narxlar
kafolatlangan narxlar, barcha ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulot sotib olishning yagona narxlari
tavsiya qilinadigan narxlar, u yoki bu tovarga tavsiya etiladigan, majburiy emas.
Erkin narxlar – bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan narxlar. Erkin narxlar–bu bozor konyunkturasini hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar.