O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə148/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Xarajatli metodi (ustamalar metodi). Bu narx shakllanishining keng tarqalgan metodi bo‘lib, unga ko‘ra ushbu mahsulotning doimiy yoki o‘zgaruvchan xarajatlariga ushbu tarmoq foyda normasi uchun oddiy holda mos keladigan ustamalar qo‘yiladi. Masalan, tarmoq bo‘yicha qurilish firmalari ko‘pincha o‘z ishlarini loyiha qiymatiga o‘rtacha foydani qo‘shib baholaydilar. Bu metodning ommalashgani turlicha izohlanadi. Birinchidan, firma o‘z tovariga talabga nisbatan unga qilingan o‘z xarajatlarini yaxshi biladi. Bu ularni narxni shakllantirishda xarajatlar kalkulyatsiyasiga tayanish va haqiqatda ko‘rilgan zararni to‘liq qoplashga undaydi. Ikkinchidan, agar tarmoqning barcha ishlab chiqaruvchilari narxni shakllantirishning ushbu metodini qo‘llashsa, ularning narxi deyarli bir xil bo‘ladi. Ular orasidagi narxga oid bu kurash narx to‘g‘ridan to‘g‘ri talab bilan belgilanadigan tarmoqlar bilan solishtirilganda minimalligini bildiradi. Uchinchidan, ko‘pgina sotuvchi va iste’molchilar ustamalar metodi eng tuzatilgan, halol, chunki ikki tomon manfaatlariga amal qiladi va bir tomonning ikkinchi tomon hisobiga boylik orttirishiga yo‘l qo‘ymaydi, degan fikrni mahkam ushlab oladilar. Bunday narxni belgilashda (uni «harakatli narx» yoki «ustama bilan» deb atashga o‘rganilgan) talab darajasi hisobga olinmaydi va raqobatchilar narxining ta’siri e’tiborsiz qoldiriladi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin