O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə160/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Imtiyozli narxlar strategiyasi. Bu strategiyaning mohiyati shundaki, sotuvchi (masalan universamda) eng xaridorgir tovarga me’yordagi bahosidan, hatto tannarxidan arzonroq narx belgilaydi. Savdo uchun bunday strategiyaning maqsadi – xaridorlarni ular ushbu arzon tovar bilan bir qatorda yana boshqa tovarlarni ham normal narxda sotib olish umidida do‘konga jalb etish, ishlab chiqaruvchilar uchun esa – hamma assortiment guruhiga xaridorlar qiziqishini orttirish. Do‘konlar bu strategiya bilan o‘z tovar aylanmalarini sezilarli orttirishga erishadilar.

Zarar ko‘rayotgan yetakchi qo‘yilgan maqsadini realizatsiya qilishi uchun tanlangan tovar narxlarga nisbatan o‘ta ta’sirchan odamlar tomonidan tez-tez xarid qilinadigan bo‘lishi kerak. Tovarni narxi oson eslab qolinadiganini (shakar, sut) tanlash lozim. Xaridorlar xaridlarini qaytara borib (bir narsani bir necha marta xarid qilib), shu do‘konga kelishga o‘rganib qolishi mumkin. Biroq shuni ham e’tiborga olish kerakki, tanlangan tovarlarni juda uzoq vaqt pasaytirilgan narxlarda sotish xaridorlarning bunday narxlar normal (tabiiy), deb qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Imtiyozli narxlar strategiyasi uzoq vaqt uchun to‘g‘ri kelmasligi ana shundan kelib chiqadi.

Raqobat sharoitiga mo‘ljallangan narxlar strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin