Savdo sindikatlari – bunday tashkiliy firmalar bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tarmoqlarida (yoqilg‘i, sement, metall, o‘g‘itlar) va qattiq raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchi korxona marketing tadqiqotlari asosida mumkin bo‘lgan tarqatish kanallari strukturasini aniqlaydi va mavjud resurslar orqali hamda o‘z shaxsiy ta’minotchilari bilan sotuv faoliyatini amalga oshiradi. Ishlab chiqaruvchi firmalar uchun mustaqil ravishda tovar va xizmatlarni tarqatish samarasiz bo‘lsa, ular boshqa samaraliroq tarqatish kanallaridan foydalanib ish ko‘radi.
11.2. Ulgurji va chakana savdo
Tovarlarni ishlab chiqarilgan joyidan foydalaniladigan joyiga tarqatish (distributsiya) savdo kanalida ishlovchi ulgurji yoki chakana tashkilotlar yoki alohida shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchining yangi mahsuloti taklifi bozordagi talabdan yuqori bo‘lsa, distribyutor xizmatidan foydalanadi. Distribyutor funksiyasini ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bajarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |