O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Yangilik kiritishga yo‘nalish bozorda raqobatli pozitsiyani saqlab turish uchun zarur. Iste’molchilar so‘rovlari o‘ta tez o‘zgaradi, shuning uchun yangi texnologiyalar, texnikalar, materiallarni o‘zlashtirish, bozorga yangi tovarlar joriy etish va mavjudlarini mukammallashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish savdoni va reklama faoliyatini rag‘batlantirish, tovarlar harakati va savdo (o‘tkazish)da yangi vositalar yaratish zarur. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, mahsulotlar muhandislik fikrining ideal ixtirosi bo‘lishi mumkin, biroq u iste’molchilar muammolarini hal qilmasa, shunchaki buyum sifatida qoladi, tovar bo‘la olmaydi hamda marketolog va iste’molchi uchun ortiqcha buyum bo‘ladi.