O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing


Sotuv tizimini tashkil etish va nazorat qilish (kontrolling)



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə181/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Sotuv tizimini tashkil etish va nazorat qilish (kontrolling)

Tijorat kommunikatsiyada ishtirok etuvchi korxona, tashkilot va shaxslar tovar sotish tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi:



  • Tovar va xizmatlarni tarqatishda strategik va taktik rejalarni tuzish, ularni marketing tadqiqotlari va axborotlarini to‘plash.

  • Sotuvni rag‘batlantirish.

  • Potensial iste’molchilarga o‘zaro ta’sir.

  • Iste’molchilar talabini o‘rganish, ularning talablariga tovarni moslashtirish.

  • Mahsulotlarning potensial iste’molchilarini o‘rganishda aloqalarni tashkil etish.

  • Tovar harakatini tashkil etish va rejalashtirish (transport, saqlash, nazorat).

  • Tanlangan taqsimlash kanali bo‘yicha tovar oqimi harakati uchun moliyalashtirish.

  • Bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni oldini olish va kafolatlash.

Yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalar ishlab chiqaruvchi firma yoki vositachi sotuvchi tashkilot orqali ham bajarilishi mumkin. Tovarlarni tarqatish kanallarini tanlash muhim bo‘lib, ko‘p jihatdan samaradorlik shu omillarga bo‘g‘liq. Sotish kanallari samaradorligi u yoki bu kanaldan foydalanganda kutilishi mumkin bo‘lgan samarani bu kanalni tashkil qilish va eksplutatsiya qilishga sarf qilingan xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.

Tovarlarni sotish jarayonida qarorlarni qabul qilish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Taqsimlash qismining dastlabki muhim ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:



  1. iste’molchilar xatti-harakati;

  2. mahsulot xususiyatlari (saqlash, muddati, sinish-sinmasligi, hajmi va h.k);

  3. raqobatchilarning xususiyatlari (kuchli, kuchsiz tomonlari);

  4. ishlab chiqaruvchi korxonaning ko‘rsatkichlari;

  5. huquqiy–ekologik omillar tahlili. (11.1.-jadval) va b.

11.1-jadval Sotish tizimini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin