Rag‘batlantiruvchi marketing – talabning pasayib ketishida qo‘llaniladi. Sotuvda qo‘llaniladigan rag‘batlar, narx chegirmalari, reklamaning keng berilishi natijasida talab ko‘tarilishi kutiladi. Ma’naviy eskirgan tovarlar, mavsumiy tovarlarga shunday tadbirlar qo‘llanadi.
Rivojlanuvchi marketing –yashirin talab darajasida qo‘llanadi. Bunday marketingning vazifasi yashirin talab darajasini aniqlash, potensial bozor hajmini baholash, samarali tovarlar ishlab chiqib, yashirin talabni real talabga aylantirishdir. Iste’molchilarning mavjud tovarlardan qoniqmaganlik darajasini yangi tovarlar va mukammal tovarlar ishlab chiqib real talabni shakllantiriladi.
Remarketing – talabning keskin pasayib ketishi davrida qo‘llanilib, bu marketing tadbirining asosiy maqsadi pasaygan talabni tiklash. Buning uchun eslatuvchi reklama, mahsulotning yangi xususiyatlarini ishlab chiqish bajariladi.
Sinxromarketing – mavsumiy tovar va xizmat turlariga talabning o‘zgarishi davrida qo‘llaniladi. Egiluvchan narxlar, boshqa segment iste’molchilariga o‘tish, sotuvni rag‘batlantirish, mavsumiy talab tebranishlarini silliqlashga yordam beradi.