32
salbiy ta‘sir o‗zini namoyon etmoqda, chunki bu foydalar haddan tashqari notekis
taqsimlanayapti, chunki hozirga qadar global bozor hamjihatlikdagi ijtimoiy
maqsadlarga asoslangan qoidalarga amal qilmaydi
17
.
1945 yilda BMT asoschilari xalqaro dunyoning ochiq va hamkorlikga
assolangan tizimini yaratgan edilar. Bu tizim o‗z vazifalarini bajarayapti va
globallashuvni hayotiy haqiqatga aylantirdi.
Bularning hammasi jahon hamjamiyati tomonidan Ming yillik Rivojlanish
Maqsadlari (MRM) ning ishlab chiqilishiga sabab bo‗ldi. MRM 2015 yilgacha
amalga oshirilishi zarur bo‗lgan 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko‗rsatkichni o‗z ichiga
oladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlarining hamda xalqaro
tashkilotlarning maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari
Mingyillik Deklaratsiyasida ko‗rsatib o‗tilgan maqsadlarga erishishning asosiy
mexanizmi sanaladi.
O‗zbekistonning MRM ga erishish yo‗lida olib borayotgan harakatlari taxsinga
loyiq. Zero mamlakatda buning uchun zarur bo‗lgan barcha shart-sharoitlar mavjud.
Ijtimoiy yo‗naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetarli
tajribaga ega bo‗lgan hukumat siyosiy institutlari va mexanizmlari, shuningdek, ko‗p
sonli xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi yo‗lga qo‗yilgan hamkorlik aloqalari shular
jumlasidandir.
2.1 - jadval
Dostları ilə paylaş: