O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Iqtisodiyot ochiqligining ayrim ko„rsatkichlari



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/68
tarix02.06.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#123931
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Iqtisodiyot ochiqligining ayrim ko„rsatkichlari 
Mamlakat 
va 
integratsion 
birlashmalar 
2015 yilda 
tovarlar va 
xizmatlar 
eksportining 
XQP bo„yicha 
hisoblangan 
YAMDga nisbati, 
% hisobida 
2015 yilda 
o„rtacha 
arifmetik import 
boj tarifi, olib 
kirilgan tovarlar 
qiymatining % 
hisobida 
2016 yilda 
to„g„ridan-
to„g„ri xorijiy 
investitsiyalar 
importining 
YaIMga 
nisbati, % 
hisobida 
2015 yilda 
aholi tarkibida 
immigrantlar 
ulushi, % 
hisobida 
AQSH 
13,0 
3,5 
0,5 
13,1 
Yevro 
Ittifoqi* 
47,9 
5,5 
0,4** 
12,8 
Yaponiya 
18,0 
4,9 
0,1 
1,7** 
Xitoy 
14,6 
9,9 
1,2 
0,1*** 
Hindiston 
6,9 
13,5 
1,7 
0,4*** 
Braziliya
8,8 
13,5 
2,7 
0,4*** 
Janubiy 
Afrika 
Respublikasi 
16,5 
7,6 
1,6 
3,7*** 
Rossiya 
17,0 
9,7 
1,1 
7,8*** 
Meksika 
20,6 
7,9 
1,8 
0,8 
Malayziya 
40,0 
6,0 
3,3 
... 
Turkiya 
14,2 
10,8 
1,5 
1,9*** 
Indoneziya 
8,4 
6,9 
2,5 
0,1*** 
Saudiya 
Arabistoni 
25,0 
4,8 
1,0 
26,6*** 
* Faqat Germaniya 
** ekspertlar bahosi 
*** 2010 y. 
Manba: OESD. International Migration Outlook. September 2016. P. 311; 
World Bank. World Development Report 2015. Washington, 2016; WTO. World 
Tariff Profiles. Geneva, 2015. P. 6-10; 
http://data.worldbank.org/indicators
 
- xalqaro ishchi kuchining migratsiyasini umumiy xalqaro migratsiyadan ajratish 
statistik jihatdan murakkab hisoblanadi, lekin umumiy aholi sonida immigrantlarning 
ulushidan foydalanish mumkin. Mamlakatning iqtisodiy faol aholi sonida doimiy va 
vaqtincha ishlash uchun kelganlarning ulushi ko‗rsatkichi ahvolni yanada yaqqol 
ko‗rsatan bo‗lar edi, biroq u odatda faqat baholar bilan taqdim etilgan (4.5-jadval.) 
Milliy iqtisodiyot globallashuvining oqibatlari (Rossiya misolida) 
Globallashuv milliy iqtisodiyot uchun ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama oqibatlarga 
ega. Ijobiy oqibatlarga iqtisodiy o‗sishning jadallashuv imkoniyatlarining o‗sishini, 


82 
salbiy oqibatlarga – mamlakat iqtisodiy rivojlanishining izdan chiqishi, ikkiyoqlama 
oqibatlarga esa – uning global iqtisodiyot kon‘yunkturasiga qaramligining kuchayishi 
kiradi.
Globallashuvning faol ishtirokchilari bo‗lgan mamlakatlarda iqtisodiy 
o‗sishning jadallashuvi, ular, jahon bozorida o‗z ustunliklaridan kuchliroq 
foydalanishlari mumkinligi tufayli ro‗y beradi. Bu xalqaro mehnat taqsimoti va 
xalqaro iqtisodiy resurslar harakati konsepsiyalaridan, shuningdek mamlakatning 
xalqaro raqobatbardoshligi nazariyasidan kelib chiqadi. Ularning xulosalariga 
muvofiq, ochiq iqtisodiyotli mamlakatlar globallashuvdan eng ko‗p naf oladilar, va 
shuning isboti sifatida iqtisodiyotning ochiqligi va iqtisodiy o‗sish sur‘atlari 
o‗rtasidagi yuqori korrelyasiya (o‗zaro bog‗liqlik) keltiriladi. Biroq ushbu 
korrelyasiyani boshqa mantiq bo‗yicha ko‗rib chiqish mumkin – milliy 
iqtisodiyotning yuqori o‗sish sur‘atlari odatda, uning xalqaro raqobatbardoshligining 
oshishi bilan birga kechadi, va shu sababli u tobora ochiqlashib borishi mumkin. XIX 
asrning eng ilg‗or iqtisodiyoti – Britaniya iqtisodiyoti shu bilan birga eng ochiq ham 
edi, uni quvib etishga intilayotgan Amerika va Germaniya iqtisodiyotlari esa tayyor 
mahsulotlarga bir necha o‗nlab foiz miqdoridagi import bojlariga ega bo‗lib, ular 
ushbu bojlarni faqat o‗z raqobatbardoshligining o‗sib borishi bilan pasaytirib borar 
edilar. 
Mamlakat iqtisodiy o‗sishining izdan chiqishi, unda tashqi talab ta‘siri ostida 
unchalik ilg‗or bo‗lmagan (lekin jahon bozoridagi raqobatbardosh) tarmoqlarning 
ilgarilab boruvchi rivojlanishi tufayli ro‗y berishi mumkin bo‗lib, buning natijasida 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi hatto pasayishi ham mumkin, 
globallashuvdan esa faqat ushbu tarmoqlar bilan bog‗langan aholi qatlamlari va 
mintaqalar naf ko‗radilar ( iqtisodiy nazariya buni ―golland kasalligi‖ tushunchasi 
bilan ataydi). Bunga yaqqol misol bo‗lib Rossiya hisoblanadi. 
6 -jadval ma‘lumotlariga ko‗ra Rossiyaning eksport kvotasi boshqa yirik 
iqtisodiyotlar darajasiga yaqin. Biroq, ushbu ko‗rsatkich asosan xomashyo 
eksportidan iborat bo‗lib, va natijada u jahon bozori kon‘yunkturasining, tayyor, 


83 
ayniqsa ilmtalab mahsulotlar jahon narxlarining tebranishlariga qaraganda ancha 
kuchli bo‗lgan tebranishlaridan aziyat chekadi. 
Bunda tashqi iqtisodiy sektordan soliq tushumlari (ayniqsa, uglevodorodlarga 
eksport bojlari) Rossiya jamlangan (konsolidatsiyalangan) byudjeti daromadlarining 
uchdan bir qismini tashkil etishini hisobga olish zarur. Bundan tashqari Rossiyaning 
ko‗pgina eksportga yo‗naltirilgan tarmoqlarida tashqi bozor, ushbu tarmoqlarni (neft 
va gaz, metallurgiya, o‗g‗itlar ishlab chiqarish) ichki kon‘yunktura emas, balki 
ko‗proq tashqi kon‘yunkturaning hukmiga topshirib, ichki bozorni almashtirib 
bormoqda. Bu, fond bozoridagi bitimlarning yarmisi chet ellik rezidentlarga, uzoq 
muddatli kreditlarning uchdan bir qismi esa – xorijiy banklarga to‗g‗ri keladigan 
moliyaviy sektorda ham kuzatiladi. Bunday vaziyat, Rossiya kabi yirik iqtisodiyot 
uchun tashqi bozorga qaraganda ichki bozorning ahamiyatini oshirish zarurligini 
ko‗rsatadi. Mahalliy, ayniqsa, zamonaviy tarmoqlarga nisbatan kuchliroq (asosan 
tarifli emas, balki davlat ko‗magi ko‗rinishidagi bilvosita) proteksionizm ularning 
modernizatsiya qilinishiga va pirovardida ular raqobatbardoshligining oshishiga 
ko‗maklashishi va shu asosda – ilmtalab tovarlar hisobiga Rossiya eksportining 
diversifikatsiyalashuviga yordam berishi mumkin. Bunga, iqtisodiyotni monetizatsiya 
qilinishining ortishi hisobiga moliyaviy sektorning modernizatsiya qilinishi ham, 
shuningdek, mamlakatda mulkchilik huquqlari himoyasining kuchayishi ham 
ko‗maklashishi mumkin. 
BSTga o‗n sakkiz yillik a‘zo bo‗lib kirish jarayoni davomida Rossiya asta-sekin 
o‗z raqobatbardoshligini oshirib, bir vaqtning o‗zida import bojlari darajasini 
pasaytirib bordi. Shuning uchun, uning 2012- yilda BSTga a‘zo bo‗lib kirishi, yaqin 
yillarda o‗rtacha torttirma import bojlarining ancha kam va asta-sekin 
kamaytirilishiga olib keldi (sakkiz yillik o‗tish davrining yakunida, ya‘ni 2020- yilga 
kelib taxminan 1,5 marta). Biroq, ayrim tovarlar uchun (masalan, samolyotlar, yuk 
mashinalari, go‗sht, sut mahsulotlari uchun) bojlar jiddiy kamaytiriladi, xolbuki 
Rossiyada bojxona tarifi stavkasining 20 % bo‗yicha harakat erkinligi mavjud (ushbu 
tovarlar bo‗yicha stavkalar BST oldidagi majburiyatlar bilan bog‗lanmagan). Rossiya 
Fanlar Akademiyasi ekspertlarining fikricha, BSTda ishtirok etish, Rossiya uchun 


84 
yuksalish yillarida YaIM qo‗shimcha o‗sishini 1 foizli punktga va inqiroz davridagi 
pasayishini 1 foizli punktga oshiradi. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin