94
kelishish yo‗li bilan bartaraf etilishini ko‗zda tutadi. YI doirasida yagona qishloq
xo‗jaligi siyosati, kelishilgan sanoat, energetika, transport, mintaqaviy, ijtimoiy,
ilmiy-texnik siyosat yuritilishi, bunga yorqin misoldir.
Shunga e‘tibor qaratishimiz kerakki, iqtisodiy siyosat borasida kelishuv
jarayoni muayyan darajaga etgach, u o‗z mantig‗iga bo‗ysuna boshlaydi va agar
mamlakat o‗z iqtisodiyotining yuqori darajadagi ochiqligi bilan tavsiflansa, yanada
keng doiradagi masalalarni qamrab olgan yaqin bog‗liqlikni talab etadi. Mazkur
jarayon majmuaviy va yanada murakkab shakl – iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida
o‗zining muayyan mantiqiy yakuniga etishi mumkin.
Valyuta ittifoqi — yagona markaziy bankning tashkil etilishi, yagona
valyutaning joriy etilishini o‗z ichiga olgan yagona mintaqaviy valyuta tizimini
yaratishdir. Bunda yagona valyuta-kredit va muvofiqlashtirilgan mikroiqtisodiy
siyosat borasida kelishuvlar qaror topishi ta‘minlanadi.
To„liq iqtisodiy va siyosiy integratsiya. Mazkur holatda yagona bozor makonini
yaxlit iqtisodiy va siyosiy tuzilmaga aylantirish haqida so‗z boradi. Bu nafaqat
kelishuv, balki bitta shaklga keltirilgan, deyarli yagona iqtisodiy siyosat, qonunchilik
bazasini to‗liq bir asosga keltirishni ko‗zda tutadi.
Bu bosqichda xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yangi ko‗p millatli
sub‘ekti paydo bo‗ladi yoki asta-sekin shakllanadi, yagona federativ yoki
konfederativ davlatni qaror toptirishga bo‗lgan hatti-harakatlar sodir bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: