99
-moliyaviy vositachilar (brokerlar va dilerlar). Ular
emitentlar va investorlar
o‗rtasida vositachilik funksiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli
litsenziyalarga ega;
-qimmatli qog‗ozlarning birja va birjadan tashqari bozori hamda fond birjalari va
birjadan tashqari savdo tizimlari tegishli ravishda;
-investorlar, ya‘ni vaqtincha bo‗sh pul sarmoyalariga ega hamda ularni qimmatli
qog‗ozlarga joylashtirishdan manfaatdor bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslardir;
-davlatning muvofiqlashtirish va nazorat organlari, ya‘ni
Moliya Vazirligi,
Markaziy bank, Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha komissiya va boshqalar;
- o‗z-o‗zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar, ya‘ni moliyaviy vositachilarning
professional birlashmalari;
-qimmatli qog‗ozlar
bozorining infratuzilmasi, ya‘ni maslaxat va axborot
firmalari, ro‗yxatga oluvchilar, depozitar va hisob-kitob kliring tizimlari.
6.3. Xalqaro moliyaviy bozor va globallashuv jarayonlari
Zamonaviy moliyaviy tizim global xarakterga ega. Jahon iqtisodiyoti
rivojlanishining so‗nggi o‗n yilligi uning globallashuvining yuqori sur‘atlari
bilan
tavsiflanadi va ushbu jarayon iqtisodiyotning transmilliylashuvi, xalqaro mehnat
taqsimotining
chuqurlashuvi, transport infratuzilmasining rivojlanishi va boshqa
geosisyosat omillari bilan bog‗langandir.
Barcha
ishtirokchilar
(korxona
va
korporatsiyalardan tortib to davlatgacha)ning har qanday bozordagi faoliyati iqtisodiy
va siyosiy manfaatlarni qondirishga qaratilganligini aytib o‗tish zarur. Iqtisodiy
manfaatning moddiy ifodasi bo‗lib oxir oqibatda iqtisodiy daromad (foyda) yoki
moliyaviy natija hisoblanadi. Bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga kapital oqib
o‗tishining ko‗lami qanchalik katta va uning chegaralari qanchalik keng bo‗lsa,
xalqaro moliya bozorlariga shunchalik ko‗p operatsiyalar to‗g‗ri keladi.
Xalqaro moliyaviy bozor tarkibiy tuzilishi
Xalqaro moliyaviy markazlar- xalqaro valyuta, kredit, moliyaviy operatsiyalar
hamda qimmatli qog‗ozlar va oltin bilan bitimlarni amalga
oshiruvchi banklar va
ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlarining to‗plangan joyi tushuniladi. Dastlab
100
ular sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, G‗arbiy Yevropa)da barpo
etilgan. Keyinchalik esa ma‘lum omillarning ta‘siri
ostida ularning joylashishi
kengayib bormoqda. Agarda Tokio Yaponiyaning jahon bozoridagi raqobat kurashi
borasidagi kuchayishi munosabati bilan moliyaviy markazga aylangan bo‗lsa,
Singapur, Bagam orollari, Panama, Baxreyn kabi moliviy
markazlar ushbuga past
soliqlar, davlat aralashuvining deyarli yo‗qligi, liberal qonunchilik va operatsion
xarajatlarning nisbatan pastligi tufayli aylangan. Moliyaviy markazlarning asl
mohiyati turli mamlakatlar o‗rtasidagi kapital
harakatining uzluksizligini
ta‘minlashdan iboratdir. Biroq, moliyaviy markazlarni talabni qondirish mexanizmi
sifatida ko‗rishning o‗zi maqsadga to‗liq javob bermaydi deb hisoblaymiz.
Valyuta
Dostları ilə paylaş: