1-rasm. O`zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to’lovlar summasi, mlrd. so’m7 1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2014-2018 yillarda jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to’lovlar summasi o’sish tendensiyasi kuzatilgan. Bu esa, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish, naqd pullarga bo’lgan talabni qisqartirish nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. 1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2017 yilda jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to’lovlar summasi 2016 yilga nisbatan kamaygan. Bu esa, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753 – sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, barcha turdgi pensiyalarni butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd pulda berilishi, mamlakatimiz hududlaridagi 58 ta tog’li va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lash, ijtimoiy to’lovlarni hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmida naqd pulda berilishi, oliy o’quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizini naqd pulda berilishini joriy qilinganligi bilan izohlanadi.
1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2018 yilda jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to’lovlar summasi 2017 yildagiga nisbatan sezilarli darajada (20,3%) o’sgan. Bu esa, pul muomalasini sog’lomlashtirish, plastik kartalarga asoslangan to’lov amaliyotini takomillashtirish nuqtai-nazaridan ijobyi holat hisoblanadi.
Quyidagi jadval malumotlari orqali plastik kartalar muomalasi infratuzilmasiga baho beramiz (2-jadval).
2-jadval Plastik kartalar muomalasi infratuzilmasining holati8