O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Tijorat banklarining zamonaviy xizmatlarini shakllantirish va innovatsion rivojlantirish darajasini tahlili, samaradorligini oshirish



Yüklə 258,5 Kb.
səhifə4/8
tarix12.06.2023
ölçüsü258,5 Kb.
#128896
1   2   3   4   5   6   7   8
7tayyor

3. Tijorat banklarining zamonaviy xizmatlarini shakllantirish va innovatsion rivojlantirish darajasini tahlili, samaradorligini oshirish
Taraqqiy etgan davlatlar tajribasi ko’rsatadiki, innovatsiyalar tijorat banklarining raqobatbardoshligini ta’minlashning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Aynan, yangi bank mahsulotlarining taklif qilinishi bank xizmatlari bahosini pasaytirish imkonini bermoqda.
Tijorat banklarida innovatsiya deganda quyidagilar tushuniladi:
- yangi bank xizmati;
- mavjud bank xizmatining takomillashtirilgan ko’rinishi.
Xorijiy banklar amaliyotida qo’llanilayotgan, ammo O`zbekiston banklari amaliyotida mavjud bo’lmagan xizmat turlarini joriy qilish ham innovatsiya hisoblanadi.
1-jadval
O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitob shakllari vositasida amalga oshirilgan to’lovlarning tarkibi va dinamikasi6


Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari

Yillar

2017 yilda 2013 yilga nisbatan o’zgarishi, f.p.

2013

2014

2015

2016

2017

To’lov talabnomasi

0,12

0,26

0,18

0,16

0,16

0,04

To’lov topshiriqnomasi

99,61

99,49

99,46

99,52

99,38

- 0,23

Hujjatlashtirilgan akkreditiv

0,02

0,02

0,01

0,01

0,04

0,02

Inkasso

0,25

0,23

0,35

0,31

0,42

0,17

To’lovlar - jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

x

1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitob shakllari orqali amalga oshirilgan naqd pulsiz to’lovlarning umumiy hajmida eng yuqori salmoqni to’lov topshiriqnomalari orqali amalga oshirilgan to’lovlar egallaydi. Bu esa, naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki, to’lov topshiriqnomalarida to’lov kafolatlanmagan.


1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, hujjatlashtirilgan akkreditivlar orqali amalga oshirilgan to’lovlarning naqd pulsiz hisob-kitob shakllari orqali amalga oshirilgan naqd pulsiz to’lovlarning umumiy hajmidagi salmog’i juda kichik. Holbuki, hujjatlashtirilgan akkreditivlarda to’lov to’liq kafolatlangan.
Shuningdek, naqd pulsiz to’lovlarning umumiy hajmida to’lov talabnomasi va inkasso shakllari orqali amalga oshirilgan to’lovlar juda kichik salmoqni egallaydi.


Yüklə 258,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin