Baholash tartibi va mezonlari
Talabalarning kurs ishi bo‘yicha bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalari
darajasi, ular bilimini nazorat qilish hamda baholashning reyting tizimi
to‘g‘risidagi Nizom qoidalari asosida ballarda ifodalanadi.
Amaldagi 2018 yil 9 avgustdagi Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini
nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM ga muvofiq talabaning kurs
ishi bo‘yicha bilimini o‘zlashtirish darajasi – 5 baholik tizimda baholanadi:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi,
fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi
hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda —
2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Kurs ishi bo‘yicha 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik
qarzdor talaba hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |