Bozor mexanizmi,uning tarkibiy qismlari va amal qilishi” mavzusi
2.3.2. Raqobat va rag‘bat
Raqobat bozor mexanizmining ajralmas qismi. Uni iqtisodiyot subyektlarini faollikka undovchi va shu orqali iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch, deb aytish mumkin. Raqobat ayovsiz kurash bo‘lganidan u hech kimni ayamaydi, iqtisodiyotning barcha ishtirokchilarini sergak tortishga, jon saqlash uchun tinmay harakat qilishga undaydi. Firmalar tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lsa, xonadonlar iste’molchilardir. Shu bois ularning maqsadi farqlanadi, shunga binoan ular raqobatda turlicha qatnashadilar. Raqobat sharoitida «Harakatda barakat bor», degan qoida amal qiladi. Raqobat xo‘jalikning hamma sohalarida borganidan unda barcha iqtisodiy faol kishilar individual yoki firma jamoasiga birlashgan tarzda qatnashadilar. Bozor xo'jaligidagi raqobat kim bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi ishlaganlarning yutib chiqishini bildiradi. Shu jihatdan u iqtisodiy resurslami tejamli ishlatishga, tovar va xizmatlarni ko‘plab va sifatli ishlab chiqarishga undaydi. Uning rag‘bat kuchi faqat ishlab chiqarishning o‘zini o'sishga undash emas, balki iqtisodiy munosabatlarni ham takomillashuvga moyil etishdir. U xo‘jalik yuritishning eng samarali usullarini yuzaga keltiradi, iqtisodiy aloqalarning eng ma’qulini topishga majbur qiladi. Iqtisodiy o'sish bilan raqobat doirasi kengayadi. Raqobat firmalarni ilmiy-texnikaviy yangiliklami izlab topish va joriy etishga rag'batlantiradi, chunki shu yo‘l bilan kurashda g'olib chiqish mumkin. U yangi tovarlarni yaratish, bor tovarlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish va tijorat xarajatlarini kamaytirishni talab qiladi. Albatta, bular yangi texnologiyani topib, joriy etish orqali yuz beradi. Raqobatda yutqazmaslikning sharti yangilik uchun pulni ayamaslik hisoblanadi, shu bois firmalar xarajatida fan-texnika yangiliklarini joriy etish sarflari salmoqli o'rin tutgan sharoitda ular g‘alabaga ishonishlari mumkin. Yirik firmalar raqobatni nazarda tutib ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari bilan doimo shug‘ullanadilar. Shu sababli AQSh korporatsiyalari bu ishga 200 mlrd dollar sarflashi (2012-yil) bejiz emas. Raqobat bo'lganda firmalar bozorga o'z raqibinikidan yaxshiroq va arzonroq tovarlarni taklif etishi zarur. Buning uchun firmalar xaridorlarga m a’qul bo'ladigan yangi tovar namunalarini o'zlari yaratadilar yoki o'zgalar yaratgan tovar namunalarini ishlab chiqarish huquqini sotib oladilar, xarajatni pasaytiradilar. Monopoliyalar narx bilan emas, balki ko'pincha sifat bilan raqobatlashadilar, buning uchun fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etadilar. Masalan, avtomobil kompaniyalari xalqaro avtosalonlarda (ko'rgazmalarda) avtomobilning super yangi modellarini namoyish etadilar. Ular a'vtomobil modelini yaratish chog'ida yangi texnikaviy g'oyalarni mod. 1 konstruksiyasida amalga oshiradilar. Bu shundan darak beradiki, sifat bilan raqobatlashuv fan-texnika taraqqiyotining omiliga aylanadi. Raqobatda qoii baland kelishning yana bir sharti ilg'or texnologiyadan samarali foydalanishga qodir bo'lgan malakali ishchilar va mutaxassislarni firmaga jalb etish hisoblanadi. Buning uchun firmalar mehnat bozorida xaridor sifatida raqobat qilish bilan cheklanmay o'z qo'lida xodimlar malakasini oshirishga, ularni yangi kasbga o'rgatishga ham katta mablag' sarflaydilar. Bunda inson kapitaliga qilingan sarf pulni eng qulay joylashtirish, deb qaraladi. Hozir raqobatlashuvda inson omiliga birlamchi ahamiyat berish ommaviy tus olgan, ayniqsa, buni Yaponiya misolida ko'rish mumkin. Yaponiyada firma xodimlarining ish sifatini oshirish to‘- garaklari uyushtirilganki, ular raqobatbop tovarlar ishlab chiqarishni mo‘ljallaydi. Bu yerda firma xodimlari o'rtasidagi hamjihatilikka katta e’tibor berilib, ijtimoiy nizolarga yo‘l berilmaydi, «Mening firmam — ikkinchi uyim, mening ikkinchi oilam» qabilida ish ko‘riladi. Yaponiya firmalari hamma choralar bilan ish kuchining qo'nimli bo'lishiga erishadilar. Inson omilini to‘la ishga solish tufayli ular xalqaro bozordagi raqobatda ham yutib chiqadilar. Raqobat xonadon ahlining faolligini ham yuzaga chiqaradi. Xonadondagi har bir ishlovchi yaxshi ish joyini izlab topish, unga joylashgach uni yo'qotmaslikka intiladi. Yaxshi ish joyi bu muqim ish bilan ta’minlangan va yaxshi ish haqi olinadigan joydir. Shunday joy uchun kurash doimiy tus oladi. Bu kurashda o‘z maqsadiga erishish uchun ishchi va xizmatchilar mehnat intizomiga qat’iy rioya etishlari, yalqovlikka yo‘l qo‘ymasliklari, tashabbus bilan ishlashlari, mehnat unumdorligini oshirishlari va nihoyat tovar sifatini ta’- minlashlari talab qilinadi. Ish o'rni uchun kurash ularni bilim darajasi va kasbiy mahoratini doimo oshirib borishiga, o‘z sog'lig'ini avaylashiga olib keladi. Raqobat oilani bolalarni yaxshi o‘qitishga, ularga yaxshi tarbiya berishga qaratilgan xarajatlarini oshirishlariga olib keladi. Masalan, Koreya Respublikasida bolalarga eng zamo- naviy bilim berish va yaxshi tarbiyalash uchun o‘ziga to'q xonadonlar yiliga 30 ming nafar yosh bolalarni chet elga o'qishga yuborib, buning pulini to'laydilar. Xullas, mehnat bozoridagi raqobat ish kuchi sifatini oshiradi va shu orqali iqtisodiyotning o'si- shini rag‘batlantiradi. Raqobatda bozor xo‘jaligiga xos iqtisodiy saralanish tamoyili amal qiladi. Bu yerda bellashuvchilardan biri yutib chiqsa, boshqasi yutqazadi. Shu sababdan raqobat iqtisodiyot subyektlarini qat’iyan tabaqalashuviga olib keladi. Bu eng aw al foyda miqdori, kapital miqdori, qarzni to‘lash qobiliyati va nihoyat, ish haqining har xil bo'lishida ko‘rinadi. Raqobatda yutib chiqqanlar iqtisodiy jihatdan kuchayib ketsalar, yutqazganlar zaiflashadi, hatto xonavayron bo‘lib bankrot holiga tushadilar. Biz bilamizki, bankrot bo'lish bu o‘zining majburiyatlari va to‘lovlarini bajarishga qodir bo‘lmaslikdir. Bankrot bo'lgan firmalar yo'qoladi. Iqtisodiy saralanishning ikki ziddiyatli oqibati bor. Birinchidan, o'z ishini uddalay olmagan firmalarning sinishi, eng ishbilarmonlarni tanlab olib, iqtisodni ularning ishonchli qo'liga berish bo'lsa; ikkinchidan,bu zo'rlari yanada zo'rayib ketishi va monopollashuv tendensiyasini
yuzaga keltiradiki, natijada erkin raqobat cheklanib qoladi. Shu boisdan, davlat o'zining antimonopol tadbirlari bilan singan firmalar o'rniga yangilarini paydo bo'lishiga ko'maklashadi, chunki korxonalar ko'p joyda raqobat qizg'in boradi. Binobarin, raqobat samara berishi uchun raqobatchilar o‘rtasida muvozanatni ta’minlash zarurki, bu monopollashuvning oldini olishi kerak bo'ladi. Raqobatning kuchi doimo ortib boradi. Qayerda raqobat munosib o'rin egallasa, shu yerda ishlab chiqarish tez rivojlanadi va jamiyat a’zolarining turmush darajasi yuqori bo'ladi.
XULOSA Bozor mexanizmi — bu iqtisodiy faollikni ta’minlovchi barcha vositalar majmuasi bo'lib, bular iqtisodiyot ishtirokchilarining yaxshi ishlashini rag'batlantiradi va hatto ularni bunga iqtisodiy jihatdan majburlaydi. Bu mexanizm asosida mehnat motivatsiyasi, iqtisodiy manfaatlarni yuzaga chiqarish yotadi. Uni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi ichki kuch, deb aytish mumkin.Bozor mexanizmining asosiy vositasi narx bo'lib, u bozordan kelgan signal vazifasini o'taydi, narxning o'zgarishiga qarab nima ish qilish zarurligi aniqlanadi, shunga binoan resurslar taqsimlanib, ishlab chiqarish yuz beradi. Narx vositasida talab va taklif tenglashib, bozor muvozanati hosil bo'ladi, bunda tovarlar sotilib xarajatlar qoplanadi, foyda ko'riladi, iste’molchilar talabi qondiriladi. Bu bilan ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bozor mexanizmi ish bergan joyda bozor layoqatli bo'ladi, ya’ni ishlab chiqarishning o'sishiga stimul beriladi. U layoqatsiz holatga ham tushib turadi.Bozor mexanizmida foydaga intilish, degan narsa bor. Yaxshi foyda ko'rish uchun sifatli tovarlarni ko'plab ishlab chiqargan holda ularning xarajatlarini kamaytirish zarur boiadi. Foydaga intilish mehnat unumdorligini oshiradi, chunki shu yoi bilan iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Raqobat bozor mexanizmining yetakchi vositasi sifatida iqtisodiyot ishtirokchilarini faollikka undaydi, chunki faqat shu yoi bilan kurashda yutib chiqish mumkin. Narx bilan raqobatlashuv xarajatlarni kamaytirishga, sifat bilan raqobatlashuv yangi, nafliligi yuqori tovarlarni chiqarishga olib keladi. Ish joyi uchun raqobat kishilarni o‘z bilimi, malaka va ish mahoratini doimo oshirib borishga undaydi, ishlab turgan joyini qadrlash, bu yerdagi ish sifati va mehnat unumdorligini oshirib borishiga rag'bat beradi. Raqobat iqtisodiy tanlovga kuch berib, uquvsiz va ishyoqmaslarni bankrot holiga tushirib biznesdan siqib chiqaradi, biznesni haqiqiy ishbilarmon, yangilikka moyil boiganlar qoiiga beradi. Bozor mexanizmining kuchi uning iqtisodiy samaradorlikni ta’minlay olishidadir. Bu mexanizm boshqa mexanizmlardan afzal bo'lganidan jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Bunga erishilgan yutuqlarni ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida oqilona taqsimlaydi. Mukammal raqobat bo'lganda bu yutuq ikki tomon o'rtasida teng taqsimlanadi, nomukammal raqobatda esa bu yutuqning bir qismi ishlab chiqaruvchilar foydasiga taqsimlanadi.