Talab xajmining o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning boshqa parametrlari o‘zgarmagan xolatida, hajmining o‘zgarishidir.
Talabning o‘zgarishi - bir yoki bir necha narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar o‘zgarishi natijasida talabning o‘zgarishi.
4-rasm. Talabning o‘zgarishi Talabning narxga bog‘liq bo‘lmagan muhimomillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Iste’molchilarning xohish va istaklari;
Iste’molchilarning daromadlari;
Iste’molchilarning soni;
Boshqa tovarlarga bo‘lgan narxlar;
Yaqin kelajakdagi iqtisodiy o‘zgarishlar.
Bularga mos ravishda tovarni ham shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:
Neytral tovarlar – asosiy tovarga nisbatan kam darajada ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar. Masalan choy.
O‘rnini bosuvchi tovarlar – asosiy tovarga raqobatbardosh bo‘lgan tovarlar. Masalan: kofe o‘rniga choy.
To‘ldiruvchi xarakterdagi tovarlar – asosiy tovarni to‘ldiruvchi tovarlar. Masalan: choy va kofeni to‘ldiruvchi shakar.
Insonlarning xaridiga ta’sir etuvchi omillarga qarab, bozor talabini quyidagilarga ajratish mumkin:
funksional talab, tovarning iste’molchilik sifatlarini taqozo etuvchi talab
nofunksional talab, iste’molchilik xarakteristikalaridan tashqari, boshqa omillarni ham taqozo etuvchi talab.
Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo‘lgan individual talabning oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi. Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos kelishga intilishini ko‘rsatadi.
Snob samarasiommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni ommadan ajralib turishga xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish, individuallikka intilish hisoblanadi.