O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat unversiteti


Milliy iqtisodiy manfaat ayrim millat yoki elatni emas, balki muayyan mamlakatda yashovchi barcha xalqlarning birgalikdagi manfaatidir



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə5/14
tarix23.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#134345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bozor mexanizmi,uning tarkibiy qismlari va amal qilishi” mavzusi

Milliy iqtisodiy manfaat ayrim millat yoki elatni emas, balki muayyan mamlakatda yashovchi barcha xalqlarning birgalikdagi manfaatidir.
Milliy manfaat yuksak iqtisodiy salohiyatga ega bo'lish, mamlakat iqtisodiyotining raqobatlashuv qobiliyatining yuksak bo'lishi, jahon iqtisodiyotida nufuzli o'rin egallash va nihoyat xalq turmush darajasini yuqori qilishdan iborat. Xullas, bozor iqtisodiyotida iqtisodiy manfaatlar tizimi bo'lib, u quyidagi ko'rinishga ega.
2-rasm. Iqtisodiy manfaatlar

Manfaatlar orasida individual (yakka) manfaat birlamchi bo'ladi, buni xususiy mulkning o'zi yuzaga keltiradi. Shu bois, iqtisodiy egoizm, ya’ni o'zim bo'lay deyish mavjud. Egoistik manfaatlar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining afzalligi mana shu insonga xos egoistik manfaatni amalga oshirish uchun imkoniyat berishdir. Bozor tizimida «intilganga tole yor», degan qoida amal qiladi, chunki bunga sharoit bor. Bu sharoit iqtisodiy erkinlikdan iborat, uni esa mulkiy mustaqillik oziqlantiradi.


Bozor mexanizmi iqtisodiy tanlovga asoslanadi. Uning qoidasi shundan iboratki, iqtisodiyotning har bir ishtirokchisi qo'lidan kelgan ish bilan shug‘ullanadi, ishlab topganini o‘zi oladi. Ishlab pul topish usullari esa erkin tanlab olinadi. Mana shu tanlov asosida manfaatlar yuzaga chiqadi.
Bozor iqtisodiyotida boy bo‘lishning cheklanmaganligi, ishlab pul topishga kuchli stimul beradi, bu mehnat motivatsiyasini, ya’ni ishlashga qiziqishni yuzaga keltiradi, binobarin faollik uyg'otadi. Bu yerda nafaqat iqtisodiy rag‘batlantirish, balki iqtisodiy zo'rlash ham mavjud. Bozorning kuchlari hammani sergak bo'lishga undaydi, o‘z funksiyasini yaxshi bajarishga iqtisodiy vositalar bilan zo‘rlaydi ham. Masalan, narxning pasayishi ishlab chiqaruvchilarni xarajatni qisqartirishga majburlaydi, chunki boshqa yo‘l bilan foyda topib bo‘lmaydi.


2.1.2. Bozordagi talab. Talab qonuni

Bozor - xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlar tizimini tashkil etadi.


Bozor iqtisodiyoti xolatining asosiy tushunchalar bo‘lgan talab va taklif orqali aniqlanadi.
Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning ehtiyojini bilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda tutadi.
Talab – bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli ehtiyojdir.
Talab individual va bozor talabiga bo‘linadi.
Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami, bozor talabini keltirib chiqaradi.
Bozor talabini amaliy tahlil qilish, bashoratlar uchun turli usullardan foydalaniladi. Aksariyat hollarda quyidagilardan foydalaniladi.
Xaridorlardan olinadigan so‘rov yoki intervyu. So‘rov – xaridorlarning xoxish–istaklarini, ularning moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Biroq so‘rov jarayonidagi obyektiv qiyinchiliklar tufayli aniq ma’lumotlar olish darajasi past.
Ekspert tahlili – mutaxassislar, ekspertlar tomonidan manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga bo‘lgan talabni, uning dinamikasini aniqlash uchun amalga oshiriladigan tahlil. Bu usul qimmat usul hisoblanadi, lekin xatolar qilish saqlanib qolinadi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin