2. Benefit Realization (BF)Maqsad: loyihani amalga oshirishdan foyda.
Muvaffaqiyat istalgan / kutilgan foydaning yutugʻi sifatida tavsiflanadi.
Mijozlar CRM (customer relation ship management software- mijozlar bilan
munosabatlarni boshqarish tizimi) sotilishini oshirishni xohlashsa, CRM ishi
belgilangan vaqtda va budjetga muvofiq belgilansa ham, loyiha savdo hajmi 15 foizga
oshguncha tugallanmaydi / amalga oshirilmaydi.
3.AGILE. Loyiha boshqaruvi jarayonida tez oʻzgarishga tez moslashishi, soʻnggi
rivojlanish tendensiyalarini kuzatish va ulardan foyda olish muhimdir. Inson manbai
ham muhimdir. Shuning uchun, hamkorlik va moslashuvchanlikka asoslangan
dinamik loyiha guruhini yaratish qobiliyati, murosaga erishish mumkinligi zarur.
Steykxolderlar (manfaatdor tomonlar) muhim rol oʻynaydi. Ular har bir bosqichda
31
loyihani nazorat qiladi va tekshiradi, va jamoa a’zolari, oʻz navbatida, loyihani toʻgʻri
va oʻz vaqtida tuzatib, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondiradigan yuqori
sifatli mahsulot / xizmatlarni yaratadilar.
4. Critical Chain Project Management (CCPM) Tanqidiy (kritik)zanjir usuli