O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169
Fuqarolik jamiyati

16.
 
Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari 
Mamlakatimizda voyaga etib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va 
mustahkam ruhda tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy 
manfaatlarini muhofaza etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi barchamizga ma’lum. 
Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor yo‘nalishlari 
belgilab olindi va bu borada tub islohotlar amalga oshirildi. CHunki YUrtboshimiz «YUksak 
ma’naviyat - engilmas kuch» asarida ta’kidlanganidek: «Ayni paytda yurtimizda milliy tiklanish 
jarayoni qariyb bir yarim asr davom etgan ijtimoiy-siyosiy qaramlikdan keyin dastlabki paytlarda 
mutlaq tabiiy ravishda o‘ziga xos «inkorni inkor» konuniyati asosida kechganini aytish lozim. 
Lekin biz sobiq tuzumning mafkuraviy karashlarini umuman inkor etishning o‘zi hech kanday 
bunyodkorlik dasturiga ega bo‘lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug‘dirishi 
ehtimolini yaxshi anglar edik. SHu bilan birga, tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, turmush 
tarziga orqa-oldini uylamasdan, yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi 
davr hayotini qabul qilmaslik, jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul 
holatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur edi. Barchamizga ma’lumki, millat va 
xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etadigan milliy ma’naviyatga munosabat, 
uni zamon talablari asosida rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini o‘zgartirish 
masalasi har tomonlama chuqur va puxta uylab ish yuritishni talab kiladi».
273
YOshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi 
tashkilotlar faoliyatida ko‘rish mumkin. YOshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch 
ekanini e’tiborga olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yoshlar siyosatini amalga 
273
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. 81 бет. 


251 
oshirish bo‘yicha milliy konsepsiyalar ishlab chiqilib, samarali faoliyat olib bormayotganining 
guvohi bo‘lamiz. Masalan, Evropa davlatlaridan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va 
SHvetsiyada bu borada erishilgan natajalar diqqatga sazovor. Bugungi kunda dunyoning taraqqiy 
etgan davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ikki xil strategiyasi amal 
qilmoqda. Bular: yoshlar siyosati sohasida davlatning etakchi roliga asoslangan strategiya hamda 
yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan 
strategiya. Hozirgi davrda Germaniya va Fransiyani birinchi yo‘nalishdagi siyosatni olib 
boradigan davlatlar sirasiga kiritish mumkin. Ushbu davlatlar o‘z faoliyatini yoshlar siyosatini 
umummilliy, mintaqaviy va hududiy darajalarga qarab ixtisoslashtirish asosida olib boradi. 
Bunda yoshlar siyosati oila, qariyalar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlik tomonidan 
Konstitutsiya va federal qonunlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, Fransiyada yoshlar 
siyosati YOshlar ishlari, sport va jamoat birlashmalari bo‘yicha vazirlik tomonidan ishlab 
chiqiladi.
YOshlar siyosati sohasida davlat hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga 
asoslangan strategiya Buyuk Britaniya va SHvetsiyaga xos bo‘lib, bunda yoshlar siyosatining 
umumiy ko‘rinishi, maqsad va etakchi vazifalari davlat tomonidan belgilab berilsa, bu 
vazifalarning ijrosi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari 
tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu davlatlarga xos bo‘lgan xususiyat esa yoshlar siyosati va 
yoshlar ishlari bo‘yicha maxsus davlat organlarining mavjud emasligida namoyon bo‘ladi. SHu 
bilan birga, dunyoning ko‘plab davlatlarida yoshlar huquq va manfaatlarini xalqaro va milliy 
darajada qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilgan yoshlar parlamentlari hamda milliy 
yoshlar kengashlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, xalqaro darajada yoshlar manfaatlarini 
qo‘llab-quvvatlovchi Evropa yoshlar parlamenti, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi yoshlar 
parlamenti, SHimoliy Irlandiya yoshlar forumi, SHotlandiya yoshlar parlamenti kabi yoshlar 
parlamentlari hamda Avstriyadagi Avstriya xalqaro yoshlar hamkorligi qo‘mitasi, Belgiyadagi 
Flaman yoshlar kengashi, Buyuk Britaniyada Britan yoshlar kengashi, Germaniyada xalqaro 
yoshlar ishlari bo‘yicha Germaniya milliy qo‘mitasi (bunday kengashlar Islandiya, Ispaniya, 
Italiya, Kipr, Latviya, Litva kabi yana 25 ga yaqin davlatda mavjud) faoliyat yuritmoqda. Bularni 
keltirishdan maqsad, yoshlar huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi mexanizm 
mamlakatimizda qay darajada amal qilayotganiga e’tibor qaratishdir.
Xo‘sh, O‘zbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun muhim 
qadamlar tashlanayotgan bugungi kunda yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotini 
tuzish qanchalik zarur? Bizningcha, yoshlar mamlakatimiz aholisining 64 foizi (17 million 80 
ming nafar)ni tashkil etuvchi asosiy qatlam ekan, aytish mumkinki, yoshlar bilan bog‘liq 
muammolar davlatning olib borayotgan siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muxtasar qilib 
aytganda, jamiyatdagi barcha sohalar qatori yoshlar tashkilotlarini ham tashkiliy jihatdan isloh 
qilish, bu borada zamonaviy faoliyat mezoniga ega mustahkam institutni shakllantirish — 
ertangi kun egalari bo‘lmish yoshlar kelajagini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Bugungi kunda kelajak avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash o‘ta muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. CHunki mamlakatimizda boshlangan va chuqur ildiz otib borayotgan 
iqtisodiy islohotlarning ijobiy samarasi va qolaversa, kelajagi buyuk davlat qurishdek o‘ta 
mas’uliyatli va muhim vazifaning qay darajada hal etilishi aynan mazkur masalaning echimiga 
bevosita bog‘liqdir desak, hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’naviy barkamol avlodni 
tarbiyalash masalasining paysalga solinishi yoki bunga panja ortidan qarash, buni qandaydir 
mavhum yoki o‘z-o‘zidan amalga oshib boraveradigan holat sifatida tushunish va shunday 


252 
baholash o‘ta kaltabinlik bo‘lur edi. Zero, Prezident Islom Karimov iborasi bilan aytganda, 
“qaerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab 
qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha – qaerda 
hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat 
qudratli kuchga aylanadi”
274

YUrtimizda yosh oilalar himoyasi, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ham juda katta 
hajmdagi ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘tgan yillar davomida oila haqida 50ga yaqin 
qonun, 70 ga yaqin qaror va farmoyishlar e’lon qilindi. Ularning aksariyat katta qismi ijtimoiy, 
moddiy va ma’naviy himoya qilish va farovonligini ta’minlashdan iborat. SHunisi e’tiborga 
molikki, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘o‘llab-quvvatlash mas’ulligini birinchi navbatda 
davlatimiz o‘z zimmasiga olgan. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda davlat idoralari, 
fuqarolik institutlari va mahalliy hokimiyatlar tashabbuskor bo‘lmoqdalar. SHuningdek, bola 
huquqlarini himoya qilish borasida milliy qonunchiligimizda ham bir qator qonun hujjatlari va 
davlat dasturlari qabul qilingan. Jumladan, 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Bola 
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi 
milliy qonunchilikni bola huquqlari bo‘yicha xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish, bola 
huquqlarini himoya qilish sohasida tegishli dasturlar tuzish, davlat organlari va nodavlat 
tashkilotlarining bu boradagi vazifalari, vakolatlarini va o‘zaro faoliyatini aniqlashtirish, bola 
huquqlari himoyasi mexanizmining ishlashi va amaliy natijalari berishini ta’minlash, shu sohaga 
oid qonunchilikning kelgusidagi rivoji uchun keng imkoniyatlarga yo‘l ochadi.
SHuningdek, ushbu qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bolalarga 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquqlarini himoyalashda ishtirok etish shakllari belgilangan. 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, yoshlar bilan ishlash, ularning o‘quvi, jamoat hayotidagi 
ishtiroki, qolaversa, ularning kelajagini yaratishda nafaqat adliya organlari, balki ota-onalardan 
tortib davlat idoralarigacha mas’ul bo‘lishi kerak. Ana shunda biz yoshlar siyosati bo‘yicha 
oldimizga qo‘ygan vazifani bajarishda to‘la-to‘kis faol ishtirok eta olgan bo‘lamiz. CHunki 
yoshlar— mamlakat kelajagi. SHuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov “Albatta, har bir 
bandaga rizq-nasibani Olloh taolo beradi. Lekin bu hayotda nasibasi butun va to‘la bo‘lishi 
uchun insonning o‘zi ham chin dildan intilishi, zurriyodini sog‘lom muhitda tarbiyalashi katta 
ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur”
275
, - degan edi. YUrtboshimizning mazkur 
fikrlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy tizimdagi 
islohotlar nafaqat farovon turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, balki ma’naviyati yuksak yangi 
avlodni shakllantirishga xizmat qiladigan ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratishni nazarda tutilgan. 
YUrtimizning kelgusidagi mavqei, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi ularning qo‘lida. 
Ana shuni unutmagan holda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik biz kattalarning 
dolzarb vazifamizdir. 
Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish insoniyatning eng yorqin 
orzusi bo‘lib kelgan. Bunday insonlar orasida O‘zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda 
yashagan bobolarimizning o‘z o‘rni va nomi bor. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o‘z 
tariximizdan juda ko‘p dalillar keltirishimiz mumkin. Farobiyning «Fozil odamlar shahri» 
asaridagi g‘oyalarni yodga olaylik. Unga ko‘ra jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan 
o‘rni, ya’ni kim bo‘lishidan qat’iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o‘z davlatining barcha qonun-
274
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. 116-бет. 
275
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – 58 б. 


253 
qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, o‘z kasbining ustasi, lozim bo‘lganda Vatani uchun 
jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo‘ladi. Ota-ona va farzand, ustozu 
shogird o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo‘ladi. Avvalo, bunday fikrlashning o‘zi 
bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo‘lganligini va albatta bunday fikr aytish bu 
borada ko‘p asrlik meroslarni o‘rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak, 
bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Prezident 
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Mustaqillik yangicha yashashni, yangicha fikrlashni, hayotda har 
bir fuqarodan o‘ziga yarasha munosib o‘rin egallashni, yangi mafkura asosida yangicha 
ma’naviyatni talab etadi. Talab etibgina qolmasdan, jadal o‘zgarib borayotgan iqtisodiy va 
ijtimoiy sharoitda yangicha o‘ylashga va harakat qilishga majbur etmoqda. YAngicha o‘qish, 
yangicha ishlashning o‘zi bo‘lmaydi. SHuning uchun ham bizga raqobatbardosh yuksak 
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi fozil insonlar kerak. Dasturning asosiy maqsadi 
ham aynan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir».
276
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, har tomonlama etuk avlodni tarbiyalasakgina, bugun 
hayot oldimizga qo‘yayotgan o‘ta murakkab, og‘ir, sinov va qiyinchiliklarni engib o‘tamiz, 
shundagina ko‘zlangan yuksak marralarni egallay olamiz. Hech qachon hech kimdan kam 
bo‘lmagan va hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalab kelayotgan xalqimiz, ezgu 
maqsad-muddaomiz – erkin, ozod va obod hayot bunyod etishda ham hech kimdan kam 
bo‘lmaydi. SHuning uchun bu muhim masalaga doimo davlatimiz, jamiyatimizning asosiy 
vazifasi sifatida qaralmoqda. Insoniyat hamisha mukammal jamiyat bunyod etish ishtiyoqida 
yashagan. Mukammal jamiyatni ma’naviy yuksak, axloqiy barkamol, jismoniy etuk avlod 
yaratadi. Bugun mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar insonlar hayotiga, taqdiriga 
daxldor ekanligini har birimiz his qilishimiz va shundan tegishli xulosalar chiqarishimiz lozim. 
YUrtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha o‘zgarishlar va yangilanishlarning 
markaziga inson va uning manfaatlari qo‘yilganligi hammamizni quvontiradi. Prezidentimiz 
ta’kidlaganidek: «...bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot-islohot uchun 
emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad 
mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas”.
277
Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida insonparvarlik tuyg‘ularini 
shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli jamiyatni barpo etishning muhim kafolati 
sanaladi. 
SHunday ekan, o‘z maqsadlarimizga erishishda bir necha vazifalari borligini ta’kidlab 
o‘tish mumkin. Birinchidan: fuqarolarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayoning faol 
ishtirokchisiga aylantirish; amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng 
ko‘lamli islohotlarning mohiyatini, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ahamiyatini 
fuqarolarimizga sharhlab berish va tushuntirish; ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali 
targ‘ibot tizimini amalga oshirish; ma’naviyatning kuch qudratini faqat ezgu maqsadlar yo‘lida 
samarali foydalanish va rivojlantirish. Ikkinchidan: turli qarash va fikirlarga ega bo‘lgan ijtimoiy 
qatlamlar, siyosiy kuch va xarakatlarning o‘ziga xos orzu intilishlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oya- 
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi-barchamiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga 
erishish. Uchinchidan: qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan 
vazifalarni izchil davom ettirish; ta’lim-tarbiya tizimini muttasil takomillashtirish. Bu orqali 
kelajagimiz bilimli, dono va ma’naviy sog‘lom, barkamol avlodga bog‘liq ekanligini chuqur 
276
Қаранг: Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Тошкент - 2000. 
277
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. 106-бет. 


254 
anglashga erishish. To‘rtinchidan; ota-bobolarimiz va bizning muqaddas e’tiqodimiz bo‘lmish 
islom dinning bugungi hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini, yoshlarimizni ruhan pok, iymoni butun, 
irodasini baqquvvat etishdagi, odamiylik fazilatlarini uyg‘unlashtirishdagi hissasini va 
mohiyatini keng jamoatchilikka tushintirish borasidagi tashviqot ishlarini davom ettirish. 
Beshinchidan; ko‘p millatli mamlakatimiz fuqarolari orasida ularning milliy va diniy 
mansubligidan qat’iy nazar, ularda hamjihatlik va birdamlik tuyg‘ularini kuchaytirish; chunki 
ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qarindosh qiladi. Ularning taqdirini 
o‘zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi
278
deb ta’kidlaydi. Mana shunday maqsadli va ma’suliyatli 
vazifalarni ma’naviyat hozirgi kunda barkamol avlodni voyaga etkazishda bosqichma-boqich 
amalga oshirib kelmoqda. O‘z navbatida xalq ma’naviyatini yuksaltirishda yoshlarning qalbi va 
ongini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim 
va hunarlarni egallagan, har tomonlama aqlli, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol 
qilib tarbiyalash hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. Xususan, Prezidentimiz I.A.Karimov 
ma’naviy tarbiya haqida shunday yozadilar: “Bizning eng muhim, dolzarb vazifalarimizdan biri 
bu – o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi 
bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma’naviyatining munosib egalaridir. 
SHuning uchun har bir o‘g‘il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab ma’naviy boyliklarimizdan 
bahramand bo‘lishi kerak.
279
Mamlakatimizda yosh avlodning yuksak ma’naviy mezonlar asosida o‘sib-ulg‘ayishi 
uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini 
olmang – sog‘liqni saqlash yoki ta’lim deysizmi, iqtisodiyot yoki kichik biznes sohasi deysizmi, 
rahbarlik, madaniyat va sport jabhalari deysizmi – ularning barchasida yoshlarning huquq va 
manfaatlari alohida e’tiborga olinayotganini ko‘ramiz. Hech qachon ma’naviyatsiz etuk insonni 
tarbiyalab bo‘lmaydi. CHunki, odamzot uchun hayot yo‘llarida har qadamda zarur bo‘ladigan 
ajdodlar yodi, milliy g‘urur va iftixor, jonajon Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, istiqlolga 
sadoqat, farzandlik hissi, insoniy fazilatlar aynan ma’naviyat orqali uning ongu tafakkuriga 
singib boradi, hayotining ma’no-mazmuniga aylanadi. Ma’lumki, yoshlikda inson qiziquvchan 
va intiluvchan bo‘ladi. Uning ana shu intilishlarini ma’naviy komillik sari yo‘naltirish nafaqat 
ana shu yigit-qizlarning, balki butun jamiyatning yorug‘ kelajagini ta’minlashda hal qiluvchi va 
dolzarb masaladir. Zero, ma’naviyat azal-azaldan insonni komillikka etaklaydigan beqiyos 
ne’mat bo‘lib kelgan. SHu ma’noda, hozirgi kunda ham ma’naviyat – najotkor kuch, ma’naviyat 
– ilohiy yog‘du desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, hayotga katta orzu-umidlar bilan 
qadam qo‘yayotgan, unga faqat pok va beg‘ubor nigoh bilan qarab, oldinga intilayotgan 
yoshlarga nisbatan olganda, bu haqiqat yanada teranroq ma’no-mazmun kasb etadi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yosh avlodda vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, 
ularni xar tomonlama etuk barkamol qilib voyaga etkazish uchun oila, mahalla, ta’lim 
muassasalari va turli ijtimoiy institutlarning birgalikdagi faoliyatini ta’minlash oliy maqsadimiz 
hisoblangan ozod va obod erkin va farovon xayot barpo etish uchun asos bo‘ladi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin