O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169
Fuqarolik jamiyati

14.
 
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va mas’uliyatining o‘rni 
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsad etib belgilangan davrda 
demokratik tamoyillarni shakllantirish, fuqarolar ijtimoiy –siyosiy faolligini oshirish, shaxs 
erkinligini amalda joriy etish, siyosiy jarayonlarni erkinlashtirish, demokratik me’yorlar asosida 
ko‘ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish, jamiyat hayotida jamoat va nodavlat tashkilotlar 
faolligini oshirish kabi vazifalar umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida ifoda etgan holda fuqarolik 
madaniyati bilan tutashadi. Agar fuqarolik jamiyatini yuksak fuqarolik madaniyatini oshkor etish 
imkoniyati sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, fuqarolarning ma’naviy etukligi bunday jamiyatdagi 
demokratik tamoyillarni to‘liq anglash omili ekanligini tushunamiz. CHunki fuqarolik jamiyatida 
insonni oliy qadriyat darajada tushunish bevosita har bir fuqaroning o‘z madaniyat darajasini 
qanchalik anglashi va unga sodiqligi bilan xarakterlanadi.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish o‘zining bir qator mezonlariga ega bo‘lib, ularning 
asosiylaridan biri – har bir insonda mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashash xususiyatini 
shakllantirishdir. Mas’uliyat odamning xar bir amali, faoliyati mahsulini to‘liq tasavvur qilgan 
holda uning o‘zi va o‘zgalar uchun nima naf keltirishini anglay olish qobiliyatidir. Mas’uliyatni 
his qilgan inson o‘z ishini doimo puxta rejalashtirib, uning oqibatlarini oldindan tasavvur qila 
oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘ladi. 
SHaxsiy mas’uliyatni fuqarolik mas’uliyatidan farqlash lozim. Birinchisi shaxsning kundalik 
faoliyatidan keladigan shaxsiy manfaatni, ikkinchisi esa jamiyat manfaatlarini nazarda tutadi. 
Fuqarolik mas’uliyatini his etgan inson, eng avvalo, o‘zi mexnat qilayotgan jamoa yoki ta’lim 
olayotgan o‘quv dargohi, o‘z mahallasi va yurti ravnaqini o‘ylaydi. Mustaqil O‘zbekiston 
fuqarolari uchun yagona maqsad Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun xizmat 
qilish bo‘lsa, demak har bir inson fuqarolik mas’uliyatining ma’no-mazmunini ana shu 
g‘oyalarni amalga oshirishda, deb bilishi darkor. 


245 
Fuqarolik mas’uliyati, O‘zbekistonda yashayotgan har bir ongli fuqaroning qaysi millat 
vakili bo‘lishidan qat’iy nazar Respublika Konstitutsiyasida kafolatlangan xuquqlaridan 
foydalanish barobarida, unga javoban fuqarolik mas’uliyatini ham xis etib yashashidir. Bu 
shunday deganiki, har bir fuqaro mamlakat Konstitutsiyasiga, Oliy Majlis qabul qilgan barcha 
qonunlarga, Vazirlar Maxkamasi chiqargan qarorlarga rioya etishi va hurmat qilishi, ularni 
amalga oshirishi uchun mas’uliyat sezishi lozim. Binobarin, davlat o‘z fuqarosiga xuquq va 
kafolat berar ekan, shunga yarasha uning zimmasiga mas’uliyat ham yuklaydi
270
. SHuni 
unutmaslik kerakki, ijtimoiy taraqqiyotning demokratik rivojlanish jarayoni shaxsning o‘zini o‘zi 
anglashi, qadr-qimmatini qay darajada e’zozlay olishi, jamiyat uchun xizmat qilish imkoniyati va 
harakat me’yoriga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Bularning hammasi kishilarning o‘zi yashab turgan 
ko‘cha, maxallasidan tortib, to yaxlit mamlakatning barqarorligini saqlab qolish, xavfsizlikni 
ta’minlashda yuksak mas’uliyatni o‘z faoliyatida ongli ravishda amalga oshirish demakdir
271

Bir xil maqomga ega bo‘lgan shaxslarda talab ham teng bo‘ladi. Ana shu jihatning o‘zi 
ham fuqarolik mas’uliyatini anglatuvchi dalillardan biridir. Fuqarolik mas’uliyati bilan milliy 
mas’uliyat orasida o‘ziga xos mushtaraklik mavjud. Sir emas har bir millatning balog‘atga etgan 
ongli a’zosi o‘sha o‘zi mansub millatning oldida mas’uliyati bo‘ladi. Millatning miqdoriy, 
iqtisodiy, madaniy, ahloqiy, ma’rifiy, manaviy taraqqiy eta borishi, er yuzidagi boshqa 
xalqlardan orqada qolib ketmasligi uchun birinchi shu xalqqa mansub kishilar javobgarlik 
tuyg‘usini tuyish lozim. Oila va jamiyatdagi har bir harakatida, bosgan har qadamida shu 
millatning umumiy manfaatini unutmaslik milliy mas’uliyat hissining muhim tomoni 
hisoblanadi. Kishilarning muayyan millat ravnaqi yo‘lidagi siyosiy ongliligi va ma’naviy etukligi 
darajasi milliy mas’uliyatni anglatuvchi ikkinchi muhim tomonidir. SHuni alohida qayd etish 
zarurki, milliy mas’uliyat bu yurtimizda yashovchi barcha millat va elatning mas’uliyatidir. 
SHu o‘rinda rivojlangan davlatlar tajribasiga alohida e’tibor qaratishni maqsadga 
muvofiq deb bilamiz. Masalan, jahonning etakchi davlati sanalmish AQSHda fuqarolik 
madaniyatini yuksaltirish qanday yo‘lga qo‘yilgan? Amerikaliklarga qanday g‘oya va 
qadriyatlar singdirilmoqda? Bu savollarga javob topish uchun fuqarolik madaniyati qanday 
g‘oyaviy ustunlarga tayanishini aniqlash kifoya. AQSH fuqarolari Konstitutsiyani, amerika 
davlatchiligining asoschilari va demokratik tamoyillarni muqaddas deb biladilar va bu tuyg‘uni 
yoshlarga singdirish haqida tinimsiz qayg‘uradilar. YOshlarda erkin yashashga ishtiyoq, 
mustaqillikni qadrlash tuyg‘usi shakllantiriladi. 
AQSH nimaning evaziga fan va texnologiyalar sohasida boshqalardan o‘zib ketdi? Bu 
savolning ham javobi bor: Amerikada erkin fikr va ijodiy tafakkur qadrlanadi hamda o‘zgacha 
fikrlaydiganlarga nisbatan bag‘rikenglik qaror toptirilgan. Lekin amerikalik fuqaroni 
tarbiyalashning eng asosiy jihati boshqa bir g‘oyada yashirin. U ham bo‘lsa, har bir insonni 
noyob iste’dod egasi deb bilish, har bir shaxsga hazrati inson sifatida murojaat qilishdir. Insonga 
bunday munosabat, so‘zsiz, uning salohiyatini yuzaga chiqarishga imkon beradi. Aynan shu 
g‘oya ta’sirida amerikaliklar orasida o‘zini «o‘rtamiyona odam» deb biladigan yoxud «men bir 
oddiy odam» deb gapiradigan kishilar nihoyatda kam uchraydi.
Amerika fuqarolari adolatni ham o‘ziga xos tarzda tushunadilar: shaxs nimagaki 
erishsa, qanday maqomni egallasa, bunga faqat o‘z aqli va iste’dodi bilangina etishadi. 
270
Қаранг: Иброхимов А. Бизким Ўзбеклар. -Тошкент: Шарқ нашриёт -матбаа концерни бош 
тахририяти, 1999. - 177 б. 
271
Қаранг: Саидқосимов А. Сиёсий фаоллик ва фуқаролик маънавияти // Жамият ва бошқарув. –
Тошкент: 2007. - №2, -Б. 50 -51. 


246 
SHunday qilib, har bir amerikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir orqa qilishga emas, 
balki o‘z kuchiga tayanishga o‘rgatiladi. Lekin, eng asosiysi, har bir amerikalikda 
kelajakka ishonch uyg‘otiladi. Xuddi ana shu «amerika orzusi» kishilarni yangi maqsadlar sari 
rag‘batlantiradi, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga shavq uyg‘otadi. Xulosa yasaydigan 
bo‘lsak, demokratiya qoidalari va erkinlik Amerika mafkurasining poydevorini tashkil 
etadi. Bunday tarbiya natijasida faqat o‘z kuchiga ishonish, ruhiy ozodlik va mustaqil fikrlash 
kabi xislatlar amerikaliklarning qon-qoniga singib ketgan. Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlar 
«AQSHda bu borada muammo yo‘q ekan» degan xulosa uchun asos bo‘lmaydi. Oxirgi paytlarda 
erkinlikka hadeb urg‘u beraverish oqibatida amerikaliklar erkinlikni jamiyat oldidagi 
majburiyatlardan ham ozodlik sifatida idrok eta boshladilar. SHu bois hozirgi kunda AQSHning 
ziyolilari tomonidan yangi mafkura - «liberal-natsionalizm» mafkurasini yaratish zarurligi 
haqidagi fikr o‘rtaga tashlanmoqda. Bu mafkura milliy va irqiy jihatdan bo‘linib ketgan ko‘p 
sonli ijtimoiy guruhlarni «AQSH - millatlar hamjamiyatidir» g‘oyasi atrofida birlashtirishni 
nazarda tutadi. E’tibor beradigan bo‘lsak, yangi mafkurada milliy omilning ustuvorligi 
o‘rnatilmoqda. Demak, gap AQSH da asta-sekinlik bilan yagona milliy vujudni shakllantirish, 
xalqning birdamligini kuchaytirishga xizmat qiluvchi mafkurani yaratish haqida borayotir. 
Endi misol tariqasida SHarqqa murojaat qilaylik. SHarqning eng ilg‘or mamlakatlaridan 
biri - YAponiyada fuqaroni tarbiyalashning eng samarali va ta’sirchan usulidan foydalaniladi. 
Bunday tarbiyaning asosiy maskani sifatida maktab tanlangan. CHunki maktabda bola bilim 
olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi 
«axloqiy tarbiya» tizimi doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy hujjatlarda «axloqiy tarbiya» tizimi 
quyidagicha nomlanadi: «xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim», «davlat uchun 
maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat», «fuqarolik axloqi asoslarini 
tarbiyalash». Aslida bu tizim millatni tarbiyalash tizimi vazifasini o‘taydi. Undan qudratli 
mafkuraviy ta’sir vositasi sifatida ham foydalaniladi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, aynan 
«axloqiy tarbiya» tizimi mamlakat iqtisodiy ravnaqining g‘oyaviy asosini tashkil qiladi. 
CHunki bu tizim ishlab chiqarishda ma’naviy salohiyatdan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. 
Ikkinchi jahon urushidan xaroba bo‘lib chiqqan mamlakatning 30-40 yilda ishlab chiqarish 
hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib olgani ko‘pchilikning xayratini uyg‘otadi. 
"Kichik bir orolning bunday qisqa vaqtda hunarmandchilik ustaxonalaridan avtomatlashgan 
sanoatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tganligini qanday tushuntirish mumkin?". Mazkur savolga 
javoban yaponlar quyidagicha javob beradilar: "Salohiyat insonlarda yashirin". YAponiya 
menejmentining oltin qoidasiga ko‘ra, insondan qimmatroq boylik yo‘q. 
Xo‘sh, davlat yapon kishisida qanday qadriyat va sifatlarni qaror toptirishga harakat 
qiladi? Aslida mehnatsevarlik, intizomlilik va jamoaviylik yapon milliy xarakteriga xos 
xususiyatlar sanaladi. Biroq davlat bu bilan qanoatlanmay, o‘z fuqarolarida ushbu sifatlarni 
mustahkamlash va kuchaytirish vazifasini maorifga yuklaydi. Natijada, maktablarda guruhiy 
birdamlikni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda kollektivning yutug‘i ham, 
mag‘lubiyati ham guruhning har bitta a’zosiga bog‘liq ekanligi haqidagi g‘oya singdiriladi. 
Muhimi, boladan umumiy ishda o‘z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas’uliyatni his 
qilish talab etiladi. Bunday tarbiya ko‘rgan fuqaro jamoa muammolarini o‘zining 
shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi. Olimlarning fikricha, aynan shunday guruhiy 
birdamlik (yaponchada «aydagarasyugi») tufayli mamlakat misli ko‘rilmagan iqtisodiy 
yutuqlarga erishdi. Mehnat yapon kishisi uchun axloqiy qadriyat sanaladi. Uning qadriyat 
darajasiga ko‘tarilishida "axloqiy tarbiya" tizimining roli beqiyos. Gap shundaki, yapon 


247 
kishisiga maktabdayoq quyidagi g‘oyalar singdiriladi: "Faqat tirishqoqlik va mehnat bilan 
muvaffaqiyatga erishish mumkin", "O‘z ustingda tinimsiz ishla - shunda birovdan kam 
bo‘lmaysan". Bu kabi g‘oyalar ta’sirida ulg‘aygan yapon kishisi o‘zining barcha harakatlarini 
quyidagi mantiqqa bo‘ysundiradi: "Bor imkoniyatlaringni ishga sol!".
SHunday qilib, davlat o‘z fuqarolarida tirishqoqlik va hafsala, qunt va g‘ayratni 
maqsadli ravishda qaror toptiradi. Intizomdan jamiyat manfaatlarida foydalanish borasida esa 
yaponlarning ayniqsa boshqalarga o‘rnak bo‘la oladi. "Axloqiy tarbiya" natijasida 
YAponiyada fuqarolar mehnat intizomining buzilishini shunchaki salbiy illat deb 
hisoblamay, balki uni Vatanga xiyonat deb qabul qiladilar. YAponiyada fuqaro tarbiyasi 
zamon ehtiyojlari va jamiyat manfaatlariga moslashtirib boriladi. Aynan shu tufayli yapon 
fuqarolari jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi qudratli kuch sanaladilar. Ko‘rinib 
turibdiki, millat kelajagini o‘ylaydigan hech bir davlat fuqaro tarbiyasi masalasini e’tiborsiz 
qoldira olmaydi. Ana shu ma’noda jamiyatimiz yoshlarni moddiy-ma’naviy va boshqa 
ehtiyojlarini qondirish, ayniqsa, globallashuv tufayli axloqimizga, turmush tarzimizga katta kuch 
bilan kirib kelayotgan buzg‘unchi g‘oyalardan, ularni saqlab qolish uchun mafkuraviy bo‘shliqqa 
yo‘l qo‘ymaslik, zamonaviy yoshlarni barcha hayotiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish bugungi 
kunning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerak. CHunki ehtiyoj tom ma’noda erkin faoliyat hamda 
fuqarolik mas’uliyatini belgilovchi mezon hisoblanadi. Biz o‘z faoliyatimizga qay darajada va 
qay mazmunda baho bermaylik, faoliyatimiz motivlari muayyan ehtiyojlar tufayli shakllanadi. 
Ehtiyojlar va manfaatlar uyg‘unli hisobga olinmagan joyda mas’uliyatsizlik, befarqlik va xatto 
jinoyatlar sodir bo‘ladi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin