O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   169
Fuqarolik jamiyati

11.
 
Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari 
Ijtimoiy nizolarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha dastlabki urinishlarni italiyalik davlat 
arbobi va nazariyotchi Nikkolo Makiavelli amalga oshirgan edi. U birinchilardan bo‘lib 
nizolarning faqat vayronkor emas, balki yaratuvchilik funksiyalari ham mavjudligiga e’tibor 
qaratdi. Bunda u nizolarga to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra 
bunday vazifani davlat bajarishi lozim edi. 
Ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimini birinchilardan bo‘lib angliyalik Frensis Bekon 
nazariy tahlil qildi. U ijtimoiy tabaqalarning fikrlarini mensimaslik, boshqaruv jarayonidagi 
xatoliklar, mish-mishlar va g‘iybatlarning tarqalishi jamiyatdagi nizolarning paydo bo‘lishiga 
olib kelishini dalillar bilan ko‘rsatib berdi. 
260
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 39-сон, 488-модда 
261
Ўзбекистон Республикасининг “Меҳнат Кодекси”, Тошкент, “Адолат” нашриёти, 2008 йил,4-бет. 


233 
Odamlar o‘rtasida ijtimoiy shartnoma tuzish zarurligi g‘oyasi Tomas Gobbsning 
asarlarida bayon qilindi. Mazkur shartnoma jamiyatning o‘zini o‘zi himoya qilishi hamda 
xususiy mulkning abadiy bo‘lishiga xizmat qiladi. Uning “Leviafan”, “Fuqarolar haqidagi 
ta’limotning falsafiy elementlari” asarlarida ijtimoiy shartnomaga erishish zarurligi asoslab 
berilgan. Bunday shartnoma umumiy kelishuv hamda xususiy mulkning xavfsizligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. 
YAngi davrga kelib ma’rifatparvar faylasuf Jan-Jak Russoning ijtimoiy shartnoma 
to‘g‘risidagi g‘oyalari keng tarqaldi. Uning asarlarida ijtimoiy shartnoma odamlar o‘rtasida 
yo‘qotilgan ijtimoiy munosabatlarning uyg‘unligini, o‘zaro kelishuv va tinchlikka intilishni 
qayta tiklaydi. 
YOllanma ishchi va ish beruvchi kapitalist o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar Adam Smit 
asarlarida ilk bor tahlil qilindi. Xo‘jalik yuritishning asosiy maqsadi foyda olish ekanini e’tirof 
etar ekan, u erkin raqobat, xususiy mulk humronligi, savdo-sotiq erkinligi, davlatning 
iqtisodiyotga aralashmasligi iqtisodiy hayotning “tabiiy tartibi” degan xulosaga keldi. Uning 
fikriga ko‘ra, yollanma ishchilar va kpitalistlar o‘rtasidagi o‘zaro kurash jamiyatning rivojlanib 
borishi manbai, raqobat esa insoniyat uchun farovonlik keltiruvchi hodisadir. 
Nemis faylasuflari Leybnits va Immanuil Kant fikriga ko‘ra odamlar o‘rtasidagi murosa 
va tinchlik ijtimoiy-iqtisodiy hayotda shartnoma va kompromissga erishish asosida ta’minlanishi 
lozim. Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot almashish g‘oyasi hamda turli 
ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi kurash muammolarini Per Jozef Prudon tomonidan tadqiq qilindi. 
Fransiyalik olim Lui Ogyust Blanki kapitalistik jamiyatni tanqid qilar ekan tarixiy 
taraqqiyotni ma’rifatning tarqalishi va shu asosda madaniy-ijtimoiy munosabatlarning 
shakllanishi sifatida talqin qildi. 
Ijtimoiy sheriklikning nazariy konseptual asoslari ijtimoiy harakat nazariyasi, ijtimoiy birdamlik, 
ijtimoiy kelishuv, ijtimoiy jipslik to‘g‘risidagi g‘oyalar asosida shakllandi. 
M.Veber fikriga ko‘ra an’anaviy harakat tahlil qilish hamda oqilona tanqid qilish mumkin 
bo‘lmagan madaniy an’analarda mustahkamlangan xulq-atvor namunasidir. Harakatning mazkur 
tipi ahamiyati odamlarning kundalik xulq-atvori ko‘pincha ana shu tarzda yuz berishi bilan 
belgilanadi. Bunday harakatlarda hal qiluvchi rolni urf-odatlar, turli darajada anglangan 
odatlarga sadoqat o‘ynaydi. 
Ijtimoiy harakat nazariyasi amerikalik sotsiolog Parsons tomonidan tadqiq etildi. U 
sub’ektlarning o‘zaro ta’siri mexanizmlarini tadqiq qildi. Bunda u ko‘pchilik tomonidan e’tirof 
etilgan me’yorlar, xulq-atvor andozalari faoliyatning ichki motivlariga aylanishi jarayoniga 
alohida ahamiyat berdi. Muvozanat, konsensus, ijtimoiy tizimning me’yoriy holatidagi eng 
muhim belgilar ekaniga e’tibor qaratar ekan T.Parsons ana shu holatni nazorat qilish va tartibga 
solish jarayonlariga katta e’tibor berdi. Uning fikricha, aynan ana shu jaryonlar jamiyatni 
ko‘ngilsiz nizolardan himoya qiladi. Uning tadqiqotlarida konsensus muammosi o‘zaro 
kelishilgan harakat yo‘llarini izlash bilan bevosita bog‘liq tarzda tadqiq etiladi. Bunday o‘zaro 
ta’sir sheriklarning o‘zaro ekspektatsiyalariga, ya’ni bir-birlaridan kutayotgan harakatlar va 
natijalarga asoslanadi.


234 
Ijtimoiy sheriklikning nazariy va tashkiliy asoslaridan biri bo‘lgan konsensusni nemis 
sotsiologi YU.Xabermas demokratiyaning muqobili sifatida talqin qiladi. Uning talqinida 
demokratik usul jamoa va jamiyatni ikkiga: ko‘pchilik va ozchilikka bo‘lib qo‘yadi. Konsensus 
esa bo‘lingan jamoa va jamiyatni birlashtiradi. Bunga u hal qilinayogan muammoga nisbatan 
ko‘pchilikning fikrini aniqlash yo‘li bilan emas, barcha tomonlar qarshi bo‘lmagan echimni 
topish yo‘li bilan erishadi. Konsensusga erishish uchun manfaatlari va yondashuvlari bir-biriga 
unchalik mos kelmayotgan tomonlar hech bir tomon qarshi bo‘lmagan echimni topishga harakat 
qilishlari va topishlari kerak. 
Konsensus mohiyatan kelishuvni bildiradi. Lekin uning XX asrgacha mavjud bo‘lgan 
kelishuvlardan farqi shundaki, u kelishuvga erishishning yangi samarali amaliyotini yaratdi. 
Unga ko‘ra manfaatlari bir-biriga mos kelmaydigan tomonlar o‘zaro munosabat va muzokaraga 
kirishar ekan, ular avvalo bir-birlariga yon bosishlari kerak. Qolaversa, ular barchani 
qoniqtiradigan, hech bo‘lmaganda hech qaysi tomonda qarshilik uyg‘otmaydigan echimni 
topishga harakat qilishlari va topishlari lozim. Bunday echimning topilishi konsensusga 
erishganlikni bildiradi. 
Ijtimoiy sheriklik tarixi va tadrijini qisqacha ko‘rib o‘tish shundan guvohlik beradiki, 
ungacha mavjud bo‘lgan barcha nazariya va mafkuralar faqat u yoki bu sinf, ijtimoiy guruh 
manfaatlarini ifodalagan. Ijtimoiy sheriklik nazariyasi munosabatga kirishuvchi barcha ijtimoiy 
guruhlar manfaatini uyg‘unlashtirilgandagina jamiyatda totuvlik va ijtimoiy barqarorlik vujudga 
kelishi mumkinligini asoslaydi. SHuning uchun bu nazariya u yoki bu sinf nazariyasi emas, 
o‘zaro munosabatlarga kirishayotgan barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish 
orqali ifodalaydigan nazariya hisoblanadi. Ijtimoiy guruhlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim sharti va asosi hisoblanadi. 
Ijtimoiy sheriklik jarayonida o‘zaro ta’sirning eng muhim belgilaridan biri konsensusga 
yo‘naltirilganlikdir. Bu belgi ijtimoiy sub’ektlarning maqsadlari va manfaatlarini mavqelarni 
o‘zaro yaqinlashtirish orqali ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi. Bu jarayon tomonlarning bosim 
o‘tkazishga moyilligini inkor qiladi. Tomonlardan birining bosim o‘tkazishga intilishi bir zumda 
ijtimoiy sheriklikni yo‘q qilib uni o‘zaro kurashga aylantiradi. 
Ijtimoiy sheriklikning juda muhim belgilaridan biri erkin fikr almashishning 
kafolatlanganligi, tomonlar o‘zining me’yoriy qadriyatli tizimlarini erkin taqdim qila olishi 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy sheriklik nazariyasi nizolar muammosi bilan chambarchas bog‘liq holda vujudga 
keladi. CHunki ijtimoiy sheriklik nizolarni hal qilish jarayonida vujudga keladi va nizolarni hal 
qilish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy sheriklik nizolar tufayli yuzaga keladi, nizolardan o‘sib 
chiqadi. Bu jarayon nizolarni boshqarish hamda manfaatlarni kelishtirish asosida hal qilishga 
intilish bosqichida, shuningdek, kompromissga, konsensusga intilish bosqichida yuz beradi.
Ijtimoiy sheriklikning jamiyat hayotiga keng tadbiq etilishi o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda 
yuz beradigan hodisa bo‘lmay, atroflicha va puxta o‘ylab amalga oshiriladigan siyosat 
natijasidir. Mamlakatimizda bunday siyosatni Prezident Islom Karimov ishlab chiqdi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy islohotlarning 
negizida yotgan besh tamoyil ijtimoiy sheriklikning jamiyat hayotida ildiz otishi uchun sharoit 
yaratdi. 


235 
Ijtimoiy sheriklik turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning manfaatlarini maksimal 
darajada hisobga olish, muvofiqlashtirish va imkon boricha to‘laroq ro‘yobga chiqarishni 
nazarda tutadi.
Ijtimoiy sheriklik mohiyat e’tibori bilan jamiyatda konsensus va osoyishtalik 
o‘rnatilishiga, shuningdek, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar o‘rtasidagi tarangliklarni 
yumshatishga, turli darajadagi hokimiyat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
o‘rtasida siyosiy birdamlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Har qanday mamlakat hududida aholining ko‘pchiligi manfaatlarini ko‘zlaydigan adolatli 
ijtimoiy tartibotlarni joriy etish faqatgina davlat organlarining ishi emas. Jahon tarixi guvohlik
berishicha, ijtimoiy nizolarni alohida holda davlat ham, oila ham, bozor munosabatlari ham hal 
etolmaydi. Faqatgina ijtimoiy sheriklik, ya’ni ijtimoiy-siyosiy maydondagi turli kuchlarning 
konstruktiv muloqotigina insonlarga xos turmush kechirish imkoniyatlarini berishi mumkin. 
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik munosabatlarini hayotga tadbiq etishning 
asosiy maqsadi davlat va fuqarolik jamiyatlari o‘rtasida katta ijtimoiy ahamiyatga molik 
dasturlarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni ta’minlashdir. 
O‘zaro hamkorlik jamiyatda mavjud bo‘lgan qashshoqlik, jinoyatchilik, atrof-muhitning 
ifloslanishi, etimlik singari ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun zarur. Bu jarayonda ishtirok 
etayotgan barcha tomonlar ana shu muammolarni hal etishda o‘zlarining mas’uliyatlarini his 
etishlari lozim. Ayni paytda ular bu muammolarni hal etish uchun turlicha imkoniyatlar va 
turlicha tasavvurlarga ega. Ana shu turlichalik, o‘zaro tafovutlar, ba’zi ziddiyatlarga qaramay 
o‘zaro sheriklik munosabatlarini o‘rnatish mumkin va zarur. 
Ijtimoiy sheriklikning muhim qirralaridan biri ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llari va 
usullarini birgalikda topish, bu muammolarni echishga keng jamoatchilikni jalb etish hamdir. 
Ijtimoiy sheriklikning tadbiq etilishi davlatning kuchli, barqaror va samarador bo‘lishiga 
olib keladi, chunki u hokimiyatning maqsadlari va harakatlarini keng jamoatchilik tomonidan 
ma’qullanishi, qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Ijtimoiy sheriklik g‘oyalari keng xalq 
ommasi maqsadlari va manfaatlariga yaqin bo‘lib, tegishli tushuntirish ishlari olib borilganda, u 
ko‘pchilik aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu tamoyil xalqni hokimiyat bilan 
yaqinlashtiradi, adolatli, samarali jamiyat shakllanishiga ko‘maklashadi.
Demokratik tamoyillarga amal qiladigan davlatning maqsadi huquqiy davlatni 
shakllantirishdir. Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati qurishning muhim sharti hisoblanadi. 
Ko‘ngilli jamoat birlashmalarida, kasaba uyushmalarida, xayriya jamg‘armalari va boshqalarda 
ishtirok etish har bir fuqaroning shaxsiy ishi bo‘lsa ham, aslida u jamiyat va shaxsning 
munosabatlari darajasini ko‘rsatadigan indikator hisoblanadi. Bunday birlashmalarda ishtirok 
etish bir tomondan shaxsiy ish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ulkan siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
ijtimoiy hodisadir. Fuqarolar o‘z erkinliklari va huquqlaridan foydalanib, jamoat birlashmalariga 
a’zo bo‘lar ekan, o‘z zimmalariga muayyan mas’uliyat va majburiyatni oladilar. Jamoat 
birlashmalariga a’zo bo‘lishdan avval fuqarolar o‘sha birlashmalarning maqsadlari, tamoyillari, 
strategiya va taktikalaridan xabardor bo‘lishlari zarur. 
Jamiyatda mavjud muammolarni aniqlash, ifodalash va tegishli tashkilotlarga etkazishda 
jamoat birlashmalari muhim rol o‘ynaydi. Ularning mas’uliyati ham xuddi mana shunda, ya’ni 
muammoni aniqlash va davlat yoki biznes vakillariga etkazishda ko‘rinadi. Ana shu birlashmalar 


236 
faoliyatida ishtirok etar ekan, fuqarolar muayyan muammolar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotga 
ega bo‘ladi va bu ma’lumot ularning zimmasiga muammoni echish yo‘llarini izlash, undan 
davlat hokimiyati organlari va biznes vakillarini tegishli tarzda xabardor qilish mas’uliyatini 
yuklaydi. Fuqarolarning mana shu jarayonda faol ishtirok etishi ijtimoiy sheriklikning harakatga 
keltiruvchi kuchi hisoblanadi.
Ijtimoiy sheriklik sub’ektlaridan biri bo‘lgan davlatning funksiyalari ana shu sheriklikni 
rivojlantirish uchun huquqiy va iqtisodiy stimullarni yaratishdan iborat. O‘zbekistonda 
davlatning eng muhim funksiyalaridan biri jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar 
o‘rtasidagi muvozanatni va dialogni saqlab turishdir. Davlat tomonidan o‘tkazilayotgan kuchli 
ijtimoiy siyosat aholining muayyan guruhlari haddan tashqari boyib ketishi, boshqa guruhlar esa 
qashshoqlashib ketishining oldini olib turadi. Bunday siyosatning maqbulligi shundaki, juda boy 
va juda qashshoq guruhlar o‘rtasida nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy tafovutlar kelib 
chiqadi. Bunday tafovutlarning kuchayishi esa, ziddiyatlarga, ijtimoiy larzalarga olib kelishi 
mumkin. 
Ijtimoiy sheriklik turli mamlakatlarda umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda milliy o‘ziga 
xosliklarga ham ega bo‘ladi. Ko‘pincha ijtimoiy sheriklik tushunchasi ijtimoiy ongda adekvat 
tarzda aks etmaydi. CHunki, ijtimoiy sheriklikni to‘la va chuqur tushunish uchun ijtimoiy fanlar, 
xususan, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha muayyan bilimlarga ega 
bo‘lish taqozo etiladi. Ba’zan tashkilotlar ichidagi yoki tashkilotlar o‘rtasidagi har qanday 
hamkorlikni ijtimoiy sheriklikning ko‘rinishi sifatida qabul qilinadi. Aslida bu haqiqatga 
unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Bunday hamkorlik oddiy sheriklikning ko‘rinishidir. Ijtimoiy 
sheriklik, yuqorida ta’kidlanganiday, katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi sheriklikni anglatadi. 
Hozirgi kunda ijtimoiy sheriklikning mohiyati ijtimoiy-siyosiy maydondagi kuchlar: 
davlat tuzilmalari, tijorat korxonalari va notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi konstruktiv aloqadorlik 
sifatida anglashiladi. Ijtimoiy fanlarda bu kuchlar 1-, 2- va 3-sektor nomlari bilan yuritiladi. 
Ijtimoiy sheriklik har uch sektor vakillari o‘rtasida hamkorlik paydo bo‘lganda va bu hamkorlik 
har uch guruh va jamiyat uchun manfaatli ekani anglashilganda vujudga keladi. 
Ijtimoiy sheriklikning quyidagi muhim elementlarini ko‘rsatish mumkin: ijtimoiy 
muammo; sheriklarning manfaatlari va sheriklikning huquqiy asoslanishi; o‘zaro ta’sir va o‘zaro 
nazoratning qoidalari ishlab chiqilgani; ijtimoiy sheriklik jarayonlarini yoritadigan axborot 
maydoni mavjudligi; tomonlarning o‘zaro jipslashishi uchun loyihalarning mavjudligi; ijtimoiy 
sheriklik jarayonining barqarorligi va doimiyligi; ijtimoiy muammolarni echishning innovatsion 
usullarini izlash va topish; ijtimoiy muammoning barcha tomonlar uchun muhimligi; 
sheriklarning manfaatlarini aniqlash va hisobga olish; faoliyat maqsadi va vazifalarini birgalikda 
belgilash; hamkorlik jarayonida amal qilishi zarur bo‘lgan aniq qoidalarni ishlab chiqish; 
hamkorlik alohida-alohida harakat qilishga nisbatan bir necha barobar samarali bo‘lishi 
mumkinligini barcha tomonlar to‘la anglab etishi. 
Har qanday kooperatsiya ham ijtimoiy sheriklikka misol bo‘la olmaydi. CHunki, 
kooperatsiyaga tomonlar o‘zlarining maqsadlariga erishish uchun birlashadilar. Masalan ikki 
yoki undan ortiq xususiy korxonaning muayyan faoliyat turlarini birgalikda amalga oshirish 
to‘g‘risida tuzgan bitimi ijtimoiy sheriklik emas. Bu iqtisodiy sheriklikdir. Ijtimoiy sheriklik 
ko‘pqirrali hodisa bo‘lib siyosiy jihatlardan tashqari ma’naviy, ahloqiy, falsafiy jihatlarga ham 


237 
ega. Uni ijtimoiy amaliyotga tadbiq qilish uchun jamiyatda bag‘rikenglik keng tarqalgan bo‘lishi 
taqozo etiladi.
Bag‘rikenglikning amaliy ahamiyati qay daraja katta ekanini shundan ham bilish 
mumkinki, bir qator shaxslararo munosabatlargina emas, guruhlararo munosabatlarni ham uning 
yordamisiz yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, ijtimoiy sheriklik munosabatlariga kirishayotgan 
guruhlar va shaxslarda bag‘rikenglik singari ma’naviy-ahloqiy sifat bo‘lmasa, uning qaror 
topishi benihoya qiyinlashadi.
Ijtimoiy taraqqiyot intensivlashayotgan va davlatlararo munosabatlar murakkablashib 
ketayotgan hozirgi davrda bag‘rikenglik guruhlar va davlatlararo munosabatlarni tartibga 
solishda, jamiyatda millatlararo, ijtimoiy guruhlararo, dinlararo tinch-totuvlikni ta’minlashda 
borgan sari ulkanroq ahamiyat kasb etmoqda. 
Bag‘rikenglik ahamiyatining ortib borishi uning umuminsoniy qadriyatlar bilan uzviy 
bog‘liqligi tufayli ham yuz bermoqda. Mazkur qadriyatlar asnosida bag‘rikenglik shaxslararo va 
guruhlararo munosabatlarning ko‘pchilik tomonidan eng maqbul, deb hisoblanadigan yo‘li 
sifatida namoyon bo‘lmoqda. SHuning uchun ham katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solish mexanizmi bo‘lgan ijtimoiy sheriklikning ijtimoiy hayotda qaror 
topishi ko‘p jihatdan bag‘rikenglikning ijtimoiy guruhlar faoliyati tamoyili sifatida qanday o‘rin 
egallaniga bog‘liq bo‘lmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi inqilobiy yo‘l emas, ijtimoiy sheriklik mamlakatlarni 
farovon hayotga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Biz ana shu sheriklik yo‘lini tanladik. Lekin 
bu G‘arb mamlakatlari tajribasini mexanik tarzda O‘zbekistonga ko‘chirishni anglatmaydi. 
Mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib islohotlar o‘tkazish Prezident Islom 
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va hozir dunyoda o‘zbek modeli nomi bilan mashhur 
bo‘lgan modelda o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin