O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Jamoatchilik muhokamasi. 
Jamoatchilik muhokamasi ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalari, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining qaror, buyruq va farmoyishlari, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik 
bo‘lgan boshqa hujjat va materiallarni tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Amaldagi me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi ularga o‘zgarishlar kiritish, yoki ularni yangi 
tahrirda qabul qilish zarur bo‘lgan hollarda jamoatchilik fikri hisobga olinishini ta’minlash 
maqsadida o‘tkaziladi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qabul qilinadigan qonun loyihalarini jamoatchilik 
muhokamasidan o‘tkazish odat tusiga kirdi. Milliy ong va milliy ma’naviyatning tiklanishi va 
rivojlanishi natijasida qonunlardan tashqari, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa 
hodisalarni muhokama qilish ham ijtimoiy amaliyotda mustahkam o‘rin egallay boshladi. 
Oliy Majlis fuqarolarning vakillik organi sifatida mamlakat hayotida muhim rol o‘ynaydi. 
SHunday bo‘lsa ham, Qonunchilik Palatasi hamda Senat a’zolari qonunlarning sifatli bo‘lishi 
hamdaijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini egallashini ta’minlash uchun, ularning loyihalarini 
jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishga ehtiyoj sezadilar. Bundan tashqari, qonunlar 
legitimlikka ega bo‘lishi uchun, keng xalq ommasini ularning muhokamasiga jalb qilish zarur 
bo‘ladi.
Qonunlarning loyihalari bo‘yicha loyiha mavzusi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan ekspertlar 
jalb qilinadi. Ayni paytda, qonunlarni qabul qilishda ekspertlardan tashqari, turli maqsadli 
guruhlarga murojaat qilish ham zarur bo‘ladi. Bunday maqsadli guruhlarga mazkur qonunning 
qabul qilinishidan manfaatdor bo‘lgan tomonlarni kiritish mumkin. Masalan, chorvachilikni 


226 
rivojlantirishga oid qonun qabul qilinmoqchi bo‘lsa, uning loyihasi muhokamasiga, birinchi 
navbatda, chorvadorlarning vakillari jalb qilinishi kerak. Bundan tashqari, chorva hayvonlariga 
em-xashak etkazib beruvchi dehqonlar, omuxta em etkazib beruvchi sanoat vaklillarini ham jalb 
qilish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, chorvachilik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi keng 
xalq ommasi vakillari ham ishtirok etishi shart bo‘ladi. Mana shu bir qonun loyihasini 
muhokama qilishga jalb qilinganlar orasida bir necha maqsadli guruh vakillarini ko‘rish 
mumkin. Sanab o‘tilgan guruhlardan tashqari, qonun loyihasini muhokama qilishga 
mamlakatimizdagi ijroiya va qonun chiqarish organlarining, shuningdek, mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining vakillarini ham jalb etish maqsadga muvofiq. Bulardan tashqari, qonun 
loyihasini muhokama qilishda fuqarolik jamiyatlari institutlari (kasaba uyushmalari, siyosiy 
partiyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, huquqni himoya qiluvchi 
tashkilotlar, yoshlar tashkilotlarining vakillari ham) ishtirok etishi zarur bo‘ladi. Sanab 
o‘tilganlardan tashqari, mamlakatdagi har bir fuqaro qonun muhokamasida ishtirok etishi 
mumkin.
Jamoatchilik muhokamasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy jarayon bo‘lib, davlat 
boshqaruvida siyosiy qadriyatlarni, ya’ni fuqarolarning siyosatni ishlab chiqishdagi ishtirokini 
ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Davlat boshqaruvi uchun siyosiy qadriyatlardan tashqari
huquqiy qadriyatlar ham xos bo‘lib, ular siyosiy qarorlar qabul qilish chegaralarini belgilab 
beradi, alohida fuqarolarning va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlarini himoya qiladi. 
Qarorlar qabul qilishda siyosiy va huquqiy qadriyatlardan tashqari, boshqaruv qadriyatlari ham 
mavjud bo‘lib, ular qonunlarni amalga tadbiq qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. Huquqiy 
qadriyatlar jumlasiga huquqning ustuvorligi, tenglik kabilar kirsa, boshqaruv qadriyatlariga 
boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligi, optimalligi kabilarni kiritish mumkin. 
Jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishda ishtirokchilar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari, xulq-
atvor qoidalariga hamda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish reglamentiga amal qilishlari shart.
Muhokama qilinayotgan loyihani ko‘rib chiqayotgan davlat hokimiyati organi yoki 
mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organi jamoatchilik muhokamasi tashkilotchisini mazkur 
tavsiyalarni ko‘rib chiqish muddati va tartibi to‘g‘risida oldindan xabardor qilishi shart.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin