222
- jamoatchilik ekspertizasi;
- jamoatchilik monitoringi;
- jamoatchilik tinglovi;
- jamoatchilik surishtiruvi;
- jamoatchilik muhokamasi;
- jamoatchilik kuzatuvi.
Jamoatchilik nazoratining hozirgi sharoitda bizning mamlakatimizda eng ko‘p
qo‘llanayotgan shakllaridan biri jamoatchilik tinglovidir. Mazkur shakl ijtimoiy ahamiyatga
molik bo‘lgan u yoki bu muammoni hal qilishda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini o‘zaro
kelishtirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik tinglovi quyidagi maqsadlarni ko‘zlab o‘tkaziladi:
-
ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan muammolarni aniqlash va muhokama qilish;
-
mazkur muammoni hal qilishdan manfaatdor bo‘lgan tomonlarni aniqlash;
-
manfaatdor tomonlarning mazkur muammo bo‘yicha mavqeini qayd qilish va barcha
tomonlar uchun maqbul bo‘ladigan qaror variantini ishlab chiqish.
Jamoatchilik tinglovi ishtirok etayotgan barcha tomonlarning o‘z fikr va dalillarini bayon
qilishini ko‘zda tutadi. Bunda ular muhokama qilinayotgan masalaga aloqador bo‘lgan hujjatlar
bilan tanishib chiqadi.
Jamoatchilik tinglovining ishtirokchilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-
mazkur muammoni kun tartibiga qo‘yishda tashabbus ko‘rsatgan tomon (investor,
tayyorlangan loyiha mualliflari);
-
mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining, ma’muriyat, davlat nazorat idoralarining
vakillari;
-
muhokama qilinayotgan masaladan manfaatdor bo‘lgan jamoatchilik, shu jumladan,
jamoat tashkilotlarining vakillari.
Jamoatchilik tinglovini tashkil etish va o‘tkazishga mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalarining
vakillari jalb etilishi lozim.
Jamoatchilik tinglovining ob’ekti jamiyatda vujudga kelgan muammoni hal qilish bo‘yicha
tayyorlangan loyiha bo‘lishi mumkin. Mabodo, loyiha tarkibida yopiq ma’lumotlar mavjud
bo‘lsa, loyiha mualliflari jamoat tinglovi uchun alohida ma’ruza tayyorlashadi. SHu bilan birga,
muammoni hal qilish bo‘yicha tayyorlangan hujjatning qisqacha mazmuni ko‘pchilik
uchun
tushunarli bo‘lgan sodda tilda tayyorlangan bo‘lishi zarur.
Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri tuman
va shaharlarda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, xususan hokimlarning hudud aholisi
oldida muayyan davr (chorak, yarim yil yoki yil) davomida rejalarning
qanday bajarilayotgani
to‘g‘risida axborot berishidir. Bunda hokimdan tashqari hududdagi aholiga xizmat ko‘rsatadigan
barcha tashkilot va muassasalarning rahbarlari hozir bo‘lishadi. Tinglov davomida erishilgan
yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, rejadan orqada qolish, ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning to‘laligi va sifati singari masalalar ham muhokama qilinadi.
Bunday tinglovlar
mamlakatimizdagi barcha hududlarda an’ana tusini oldi.
223
Jamoatchilik tinglovi yakunlari bo‘yicha tashkilotchiquyidagi vazifalarni bajarishi zarur:
-
qaror loyihasi bo‘yicha tayyorlangan hujjatga tinglov jarayonida bildirilgan taklif va
mulohazalar asosida tegishli o‘zgarishlar kiritish;
-
jamoatchilik tinglovi natijalarini hujjatlashtirish.
Jamoat tinglovining asosiy hujjatlari quyidagilar: muhokama qilinayotgan loyiha, berilgan
savollar hamda takliflar, ularga berilgan javoblar; jamoatchilik
tinglovining bayonnomasi;
tomonlarning kelishmovchiligi qayd etilgan yakuniy hujjat; loyihaga tinglov natijasida kiritilgan
o‘zgarishlar ro‘yxati.
Jamoat tinglovining yakunlovchi hujjatini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish
tavsiya etiladi
Jamoatchilik tinglovi muammoga ekspertlarni jalb qilish, tinglov haqida ommaviy axborot
vositalarida e’lon berish, jamoatchilik tinglovini o‘tkazadigan joyni ijaraga olish kabi moliyaviy
mablag‘larni talab etadigan masalalar bilan bog‘liq. Odatda, tegishli moliyaviy mablag‘ bu
muammoni hal qilishdan manfaatdor tomon va hal qilish uchun buyurtma bergan buyurtmachi
yoki investor tomonidan qoplanadi. SHuningdek, qo‘shimcha mablag‘lar (xayriya mablag‘lari,
jamoat tashkilotlari a’zolaridan tushgan badallar) ham jalb qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: