O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   169
Fuqarolik jamiyati

31-
modda
siga binoan, hamma uchun vijdon, imon-e’tiqod erkinligi kafolatlanadi, shu bilan birga, diniy qarashlarni 
majburlab singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Konstitutsiyamizning 
20-modda
sida shunday deyiladi: «Fuqarolar o‘z 
huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, 
huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasligi shart»
259
. YA’ni, har bir fuqaro unga berilgan huquq va erkinliklar, 
jumladan, e’tiqod erkinligidan foydalanishda mamlakat tinchligi, dinlararo totuvlikka, millatlararo ahillikka zarar 
keltirmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi Konstitutsion 
Konunining 
4-modda
sida aytilishicha, barcha fuqarolar dinga munosabatidan qati nazar qonunoldida teng 
bo‘lib, biror shaxs diniy e’tiqodini ro‘kach qilgan holda qonundan chetga chiqishi mumkin emas. Ushbu 
Qonunning 5-moddasiga ko‘ra: «Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz 
yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod 
qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat 
o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-
256
Қаранг: Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз 
Мансур. – Т.: «Тошкент ислом университети, 2006.
257
Каримов И.А. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. Т. 16. – Т.: 
Ўзбекистон, 2008. Б. 60-61.
258
Каримов И.А. Ватан саждагох каби муқаддасдир. Т.3. – Т.: Ўзбекистон, 1996. Б. 206.
259
Ўзбекистон Республикаси Конституцняси. – Т.: Ўзбекистон, 2009. Б. 6. 


212 
qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-
harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi». 
Ko‘rinib turibdiki, agar har bir O‘zbekistonlik mazkur huquqiy asoslarga to‘liq amal qilsa, boshqalarni ham 
shunga chaqirsa, diyorimizdagi tinchlik-osoyishtalik mustahkamlanaveradi, barqaror rivojlanish bir maromda 
davom etaveradi. 
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda 
o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo‘lida mehnat qilib kelishmoqda. 
Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo‘yicha 
kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, an’ana hamda qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun barcha 
zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bunday e’tibor natijasida ko‘p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy 
merosi qayta tiklandi, qadr topdi. SHuningdek, asosiy Qonunimizda ham boshqa millat vakillarining haq-
huquqlari kafolatlangan, jumladan: “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va 
elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit 
yaratadi” (4-modda). Mustaqil va mustahkam, aholining turli qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan 
fuqarolik institutlarini shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarga echim topishda ularning rolini 
oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy faolligini kuchaytirishda davlatimiz rahbarining 
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishga oid chora-
tadbirlarga doir qarori muhim poydevor bo‘ldi. Unda jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatni isloh etish va 
modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, NNT rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda 
ularning faoliyat doirasini kengaytirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab 
berildi. Mamlakatimizning barqaror rivojlanishi va ravnaq topishi, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari 
qatoridan o‘rin egallashi, ko‘p millatli xalqimiz farovonligini oshirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan 
biri bo‘lmish fuqarolik institutlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, fuqarolik 
jamiyati institutlari rolini kuchaytirish, hech mubolag‘asiz, mamlakatimizni demokratlashtirish, uning 
jahonhamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jamiyatimizda millatlar va dinlararohamjihatlik, barqarorlikni 
ta’minlash bo‘yicha oldimizga qo‘yilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. 
 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin