221
nazorati jarayonida aniqlangan qonundan chetga chiqish holatlari vakolatli davlat organlariga yoki
jamoatchilik fikriga murojaat etish orqali bartaraf etiladi. Mazkur holat jamoatchilik nazorati sub’ektlari
nazoratning ham huquqiy, ham ijtimoiy mexanizmlardan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Davlat
nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan foydalanadi.
Jamoatchilik nazoratining mohiyati davlat hokimiyati organlari faoliyatiga tanqidiy munosabatda
bo‘lishdagina emas, ana shu tanqidiy munosabat orqali davlatni qo‘llab-quvvatlashda ham namoyon
bo‘ladi.
Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati
organlari faoliyatining shaffofligidir. SHuni hisobga olib mamlakatimizda muhim ijtimoiy eksperiment
o‘tkazildi. Ana shu eksperiment boshlanishida ma’lum qilinganidek, Buxoro va Samarqand viloyatlari
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 2013 yilning may-noyabr oylarida qonun loyihasi talablariga
mos keladigan yangi rejimda faoliyat yuritdi. Masalan, yangi talablarga ko‘ra, jismoniy va yuridik
shaxslarning so‘rovlari qayd etilgan kundan boshlab, 15 kun davomida ko‘rib chiqilishi belgilandi.
OAVning eksperiment sub’ektlari faoliyati, mansabdor shaxslar bilan intervyu tashkil qilish haqidagi
so‘rovlarini esa, etti kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqish belgilandi.
Qonunning aprobatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan eksperiment to‘g‘risida keng
jamoatchilik va jamoat tashkilotlarini xabardor qilish maqsadida, 2013 yilning may-iyul oylarida
Buxoro va Samarqand viloyatlarida fuqarolar bilan 120dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi.
SHuningdek, mazkur eksperimentning o‘tkazilish tartibi va qoidalari bo‘yicha boshqa viloyatlar
hokimiyatlari hamda boshqa davlat hokimiyat organlari xodimlari uchun yo‘riqnoma tashkil
qilindi.
Eksperiment o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyasi a’zolarining so‘zlariga ko‘ra,
eksperiment boshlangandan keyingi dastlabki oylardayoq mazkur viloyatlarda fuqarolarning
siyosiy va axborot olishga nisbatan faolligi keskin o‘sdi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2013
yilning 2-choragida 1-chorakka nisbatan fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlariga yozma va og‘zaki murojaatlari ikki baravar oshdi va Samarqand viloyatida 1514,
Buxoro viloyatida 1230 tani tashkil qildi. .
Dostları ilə paylaş: